Lionel sobiq klubi vakillari bilan aloqaga chiqmagan.
Jurnalist Gaston Edul Lionel Messining faoliyati haqida gapirdi. Uning aytishicha, "PSJ" forvardi "Barselona"ga qaytmaydi.
Manbaning ta`kidlashicha, Messining vakillari hech qachon Kataloniya klubi bilan aloqaga chiqmagan. Argentinalik futbolchi yana bir mavsum Parijda qoladi. Avvalroq, «PSJ» argentinalik futbolchiga «1+1» tizimi bo'yicha hisoblangan kelishuvni taklif qilishga tayyorligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda “Barsa” Messini qaytarish niyatida ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Qayd etilishicha, kataloniyaliklar ustozi Xavi argentinalik futbolchining qaytishidan manfaatdor.