Ernandes an'anaviy taktik ishlanmalardan voz kechadi.
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Real"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finali oldidan o'z taktikasini o'zgartiradi.
Manbaga ko'ra, Xavi odatdagidek 4-3-3 sxemasi o'rniga 4-4-2 sxemasidan foydalanishni rejalashtirgan. Chap soxta qanot himoyachisi pozitsiyasini Gavi yoki Pedri egallaydi. Xavi La Ligada "Atletiko"ga qarshi g'alaba qozongan o'yinni takrorlamoqchi.
Xavining umid qilishicha, to'rt qanotli tarkib "ko'k granatalar"ga to'pni yaxshiroq nazorat qilish imkonini beradi va to'p yo'qolganda Madridning himoyadan hujumga tez o'tish xavfini kamaytiradi.
Shuningdek, “Betis” bilan duelni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan Buskets “Real”ga qarshi o‘yinning boshidayoq maydonga tushishi kutilmoqda.