"Yunayted" muxlislari uchun katta quvonch.
«Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasida «Manchester Siti»ni mag'lub etdi. Erik ten Xaag shogirdlari Jek Grealishning goliga Bruno Fernandes va Markus Reshfordning gollari bilan javob berishdi.
Bu “Manchester Yunayted”ning Manchester derbisidagi to‘rt o‘yindagi ilk g‘alabasi bo‘ldi.
Bungacha “Yunayted” 2021-yil 7-mart kuni APL doirasida “Siti”ni mag‘lub etgan (2:0).
APLning joriy qur’asining birinchi turida “Siti” “Manchester Yunayted” darvozasini 6 marta ishg‘ol qildi.