Jamoalar yuzma-yuz uchrashuvga tayyor.
"Nyukasl" va "Fulxem" bosh murabbiylari APLning 20-turidan o'rin olgan uchrashuvda maydonga tushadigan boshlang'ich tarkibni aniqlashdi. O'yin bugun, 15 yanvar kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.
Nyukasl: Papa, Trippier, Cher, Botman, Barn, Gimarays, Longstaff, Uillok, Armiron, Joeliton, Uilson.
Fulxem: Leno, Tete, Diop, Rim, Kurzava, Palinya, Rid, Andreas, De Kordoba-Rayd, Mitrovich, Villian.
Eslatib o‘tamiz, “Nyukasl” 35 ochko bilan APLda to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. "Fulxem" esa mos ravishda 31 ochko bilan oltinchi o'rinda bormoqda.