Mashhur murabbiy "Chelsi"dan keyin "shporlar" bilan ishlashdan bosh tortmaydi.
"Tottenxem" agar Antonio Konte jamoani tark etsa, Tuxelni ko'rib chiqmoqda, deya xabar beradi nufuzli manba. So'nggi muvaffaqiyatsizliklar fonida murabbiyga bo'lgan ishonch so'na boshladi.
Shu bilan birga, Tuxelning o'zi ham "shporlar"ga eshikni yopmaydi. Mutaxassis «Chelsi»ga sodiqligini tan oldi, ammo bunday ish variantidan voz kechishni zarur deb hisoblamaydi.
Maurisio Pochettino boshqa nomzod bo'lib qolmoqda. Argentinalik mutaxassis «PSJ»dan ketganidan so'ng ta'tilni davom ettirmoqda.