Parijliklar transfer bozorini kuzatib borishadi.
"Renn" yarim himoyachisi va Xorvatiya terma jamoasi futbolchisi Lovro Mayer "PSJ"ning nishoniga tushdi. Bu haqda Yevropa matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "PSJ" sport direktori Luis Kampos allaqachon Mayerning agentlari bilan aloqaga chiqqan va xorvatiyalikning Kristof Galtier jamoasiga o'tishi mumkinligini muhokama qilgan.
Mayerning "Renn" bilan shartnomasi 2027 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Nufuzli Transfermartk portali Lovroni 22 million yevroga baholaydi.