Erkin agent sifatida.
"Vulverxempton"ning ispaniyalik vingeri Adama Traore Italiya chempionatiga o'tishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaga ko'ra, "Atalanta" va "Napoli" ispaniyalikni o'z saflarida ko'rishni istamoqda. Ikkala klub ham futbolchi bilan muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, 26 yoshli futbolchi ushbu klublardan birini tekinga oladi. Traorening "Vulverxempton" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi.