“Qizillar” hujumni kuchaytirish uchun imkoniyatlar izlashda davom etmoqda.
"Yuventus" hujumchisi Federiko Kyesa "Liverpul"ga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Italiya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, "Yuve" Kyezani qo'yib yuborishga tayyor. Byankonerilar o'z futbolchisini 60 million yevroga baholagan.
Eslatib o'tamiz, "Yuventus"da moliyaviy feyr-pley bilan bog'liq muammolar mavjud. Shu munosabat bilan Turin klubi bazi futbolchilarini sotishi mumkin. “Liverpul” vaziyatdan unumli foydalanishni rejalashtirmoqda.