"Shporlar" Konte bilan xayrlashmoqda.
"Tottenxem" boshqaruvchisi Antonio Konte London klubi bilan yangi shartnoma ololmaydi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio yozadi.
Konte mavsum oxirida "shporlar"ni tark etishi kutilmoqda. Uning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi.
"Tottenxem" hozirda APL turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Ertaga "shporlar" "Fulxem"ga qarshi bahs olib boradi (Toshkent vaqti bilan 00:00).