Norvegiyalik forvard Angliya premer-ligasida o'zining to'rtinchi xet-trikini qayd etdi.
Bugun APL doirasidagi o'yinda "Manchester Siti" " Vulverxempton "ni ishonchli tarzda 3:0 hisobida mag'lub etdi. Norvegiyalik Erling Xolland “bo'rilar” darvozasiga xet-trik qayd etdi.
Opta statistik portaliga ko'ra , 22 yoshli norvegiyalik futbolchi bor-yo'g'i 19 uchrashuvda o'zining to'rtinchi xet-trikini qayd etib, van Nistelroyning Premer-ligadagi rekordini yangiladi - buning uchun Rudga 65 uchrashuv kerak edi.
Keyingi turda “Manchester Siti” 27 yanvar kuni Angliya kubogi doirasida “Arsenal” bilan o‘ynaydi.