Futbolchiga avvalroq “Zenit” qiziqayotgan edi.
Ispaniya OAVlari “Barselona”ning Oskar Gloch bilan shartnoma imzolash niyati haqida yozmoqda. Futbolchi Tel-Avivning "Makkabi" jamoasida o'ynaydi.
Manbaga ko'ra, Jordi Kroyff futbolchini kataloniyaliklar safida ko'rmoqchi. "Barsa" direktori avval "Makkabi"da sport direktori va bosh murabbiy sifatida ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Glohga Dortmundning “Borussiya”, “Monako” va “Zenit” klublari qiziqish bildirayotgan edi. 18 yoshli futbolchi allaqachon o'z mamlakati terma jamoasida debyut qilgan.