Goal24.uz » O'zbekiston » Jasur Yaxshiboyev mart oyi laureatiga aylandi

Jasur Yaxshiboyev mart oyi laureatiga aylandi

Автор: admin

Yangi mavsumni legioner sifatida Belarus chempionatida boshlagan o‘zbekistonlik futbolchi Jasur Yaxshiboyev dastlabki oydayoq e’tirofga sazovor bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Belarus Oliy ligasining dastlabki ikki turida ikki gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilib, klubi «Energetik BGU» bilan ikki g‘alabaga erishgan Jasur Yaxshiboyev klub muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ma’lumot uchun, hamyurtimiz to‘p surayotgan Minsk jamoasi Belarus chempionati 2-turidan keyin turnir jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi.
89   

Комментарии
(1)

  1. Rahim 12 июля 2020 14:56
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Jasur ukam omadini bersin gap yoq ishlaringa bundan kotta rivojlar bersin alloxim
Добавить комментарий
Ваше имя: *