Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» o‘z vaqtida van Deykni sotib olishni xohlamagan

«Arsenal» o‘z vaqtida van Deykni sotib olishni xohlamagan

Автор: admin

«Seltik»ning sobiq bosh murabbiyi Jon Kollinzning so‘zlariga ko‘ra, «Arsenal» klubi hozirda «Liverpul»da o‘ynayotgan himoyachi Virjil van Deykni «Seltik»dan 14 mln yevro evaziga sotib olishdan bosh tortgan.
«Arsenal»ning bosh skauti van Deykni himoyada beparvo o‘ynaydi, deb o‘yladi. Ehtimol, bu uning o‘yinining bir qismidir, lekin Virjilning ko‘p fazilatlari bor edi. Van Deykda kuch, muvozanat, to‘gri pozitsiya tanlash qobiliyati bor va havoda ham yaxshi o‘ynaydi. U biroz beparvo bo‘lishi mumkin, ammo sifatli o‘yinchi», – deb Kollinzning so‘zlarini keltiradi beIN Sports.
Eslatib o‘tamiz, van Deyk 2018 yil yanvarida «Liverpul»ga «Sauthempton»dan 85 mln yevro evaziga sotib olingan.


198   
Добавить комментарий
Ваше имя: *