Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Lautaro Martinesga noodatiy shartnoma taklif qildi

«Barselona» Lautaro Martinesga noodatiy shartnoma taklif qildi

Автор: admin

"Barselona" klubi "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning transferi ustida ishlamoqda.

"AS" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" 22 yoshli futbolchiga "5+2" ko‘rinishidagi 7 yillik shartnoma taklif qilmoqda. Bundan tashqari, kataloniyaliklar argentinalik futbolchiga 7 million yevro yillik maosh taklif qilishmoqda. Bu esa "Inter" yangi shartnoma orqali taklif qilayotgan maoshdan 3 million yevroga ko‘p.

Milanliklar esa Martinesni sotishga shoshilishmayapti. "Neradzurri" imkon qadar o‘yinchining shartnomasida ko‘rsatilgan badal puli — 111 mln yevroga sotmoqchi.

Shuningdek, "Barselona" Lautaroni qo‘lga kiritish uchun o‘z o‘yinchilaridan ba’zilarini "Inter"ga taklif qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Martines ushbu mavsumda "Inter" safida 22ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.
Manba: sports.ru

93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *