Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Germaniya » “Bavariya” qiyin vaziyatga tushib qoldi

“Bavariya” qiyin vaziyatga tushib qoldi

Автор: admin

Myunxenning “Bavariya” klubi ancha chigal vaziyatga tushib qoldi. Jamoa sardori va yetakchisi Manuel Noyerning “Bavariya” bilan shartnomasi iyunyoyida o‘z yakuniga yetadi. Klub darvozabon uchun 3 yillik shartnoma taklif qilib rad javobini oldi. JCH g‘olibi klubdan 5 yillik shartnoma talab qilmoqda.
Ayni damda “Manu” 34 yoshga to‘ldi. Agar klub Noyerga 5 yillik shartnoma taklif qilsa, Noyer 39 yoshida ham Myunxen klubi darvozasini qo‘riqlashi mumkin. Aslida, futbolchilarning, ayniqsa darvozabonlarning yoshi tobora kattalashib bormoqda. Shunga qaramay, “Bavariya” o‘z tarkibida 39 yoshli kiper bo‘lishini istamayapti.
Shunga qaramay, “Bavariya”ning yana bir afsonaviydarvozaboni Olver Kan ham o‘z vaqtida 39 yoshida qo‘lqoplarini aynan myunxenliklar tarkibida mixga ilgan, biroq hech qachon jamoadan uzoq muddatli shartnoma talab qilmagan.
Bugunga kelib “Bavariya” jamoasi strukturasida hizmat o‘tayotgan Kanning fikricha, Noyer va klub albatta shartnoma borasida kelishuvga erishadi.
Bugunda myunhenliklar va Noyer o‘rtasidagi kelishuv boshi berk ko‘chaga kirib qolgan bir paytda, Olver Kanning muzokaralarga qo‘shilishini kutmoqda. Ayni damda hech qanday mojaro kelib chiqmagan bo‘lsada, vaziyat keskinlashib bormoqda.
Qaysidir ma’noda klubning bunda aybi katta. Germaniyadagi eng ulkan klub Noyer yaxshi formada bo‘lishiga qaramay, “Shalke” jamoasidan Aleksander Nyubelni sotib olish bilan barchasini boshlab berdi. O‘z vaqtida Noyer ham “Shalke”dan Myunxenga kelib qo‘shilgan edi. Barcha Noyerning tez orada asosiy tarkibdan chiqishi taxmin qila boshladi, biroq Manu bu borada umuman o‘zgacha fikrda. Shuni aytib o‘tish joizki, Noyer Nyubeldan farqli o‘laroq, “Bavariya”gaikki bor rad javobini bergan. Aleksander esaallaqachon Myunxen klubi bilan 2025-yilga qadar shartnoma imzolab bo‘ldi. Nemis posboni yozda rasman “Bavariya” futbolchisiga aylanadi. Ayni damda, gelzenkirxenlik muxlislar Nyubeldan norozi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. “Shalke” jamoasining ham Nyubeldan ko‘ngli qolgani rost. Sababi, yosh posbon “Bavariya”ga o‘tish maqsadida, klub bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi va erkin agent sifatida yozda “Bavariya” futbolchisiga aylanadi.
Agar, qahramonimiz “Shalke” bilan shartnoma imzolaganida, uni tarbiyalangan klub kamida 30 million yevro ishlab olishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lar edi. Bir qarashda, “Bavariya” Nyubelni tekinga qo‘lga kiritgani bilan, o‘zlari uchun ulkan muammoni “sotib olishganini” bilmay qolishdi. Uzoq yillar davomida ichki nizolardan yiroq bo‘lgan “Bavariya”da jamoaning eng tajribali futbolchisi norozi ekanligini yashirib o‘tirmayapti. Bu muammo ichki muhitni keskin yomonlashtirib yuborgani rost.

“Bavariya” Nyubelni qo‘lga kiritishdan avval Noyer borasidagi barcha muammoni bartaraf etishi kerak edi. Manuelyog‘ir jarohatdan so‘ng yana maydonga qaytdi, formasini tiklab oldi va yana o‘z darajasiga ko‘tarildi. Shu payt “Bavariya” uning o‘rniga yosh va iqtidorli darvozabon xarid qilganidan xabar topdi. Boz ustiga, Nyubel jamoaga ikkinchi darvozabon sifatida taklif etilmaganini barcha tushunib turibdi. Katta ehtimol bilan “Bavariya” Nyubelni tekinga qo‘lga kiritish imkoni paydo bo‘lishi bilan imkoniyatdan foydalandi. Endi esa, ikkita kuchli darvozabondan birini tanlay olmay qiyin ahvolda qolishdi. Tan olish lozim, Manu o‘ziga xos xarakter egasi. Shu o‘rinda ikkita o‘rinli savol paydo bo‘ladi.
Birinchisi: “Bavariya” “Shalke”da o‘sayotgan, kelajagi porloq darvozabonga o‘yin amaliyoti taqdim eta olmasa, uni nega xarid qiladi?
IkkinchisiNima uchun klub uchun o‘zining eng gullagan 9 yilini bergan, JCH, Chempionlar ligasi, Klublar o‘rasidagi JCH, Bundesliga va boshqa sovrinlarda g‘olib chiqqan kuchli kiper hech narsadan hech narsa yo‘q o‘z o‘rnini bo‘shatib berishi kerak? Vaholanki, uning o‘yinida pasayish kuzatilmayaptiku?!
Endi “Bavariya” ikkita kuchli darvozabonlarni qanday qilib bir tom ostida ushlab turishi katta savol ostida qolmoqda. Kimdir rotasiya qilishni maslahat berishi mumkin, biroq shunchaki teoriyada foydali omil xolos. Amalda bu juda mushkul jarayon. Tasavvur qiling, Nyubelga imkon berildi. U nafaqat darvozani qo‘riqlashni, balki Noyerdanda yaxshiroq qo‘riqlash kerakligini anglab harakat qiladi. Boz ustiga, yangi jamoa va yangi o‘yin uslubi. Adaptasiyaga uzoq vaqt berilmaydi. Noyerga ham oson bo‘lmaydi. U avvalgidek sovuqqonlik bilan harakat qilishga haqqi yo‘q ekanligini chuqur anglab turadi. Albattada, uning bir dona xatosiasosiy tarkibdan tushib qolishi uchun yetarli bo‘lishini bilib darvozani qo‘riqlash mushkul. Ikkita holatda ham rotasiyadan darvozabonlar yutqazadi. Asabiylashish, xatodan qo‘rqish tarkibdan tushib qolishdan qo‘rqayotgan darvozabonlar “Bavariya”ning ham o‘yiniga salbiy ta’sir o‘tkazmay qolmaydi.
So‘nggi 50 yil ichida hech qachon “Bavariya” darvozabonlar bilan rotasiyani amalga oshirmagan. Zep Mayer, Jan-Mari Pfaf, Ramond Aumann, Kan, Butt, Noyer. Bu darvozabonlarning barchasi klubda birinchi raqamli ekanligini his qilib maydonda to‘p surgan. Ulardagi sovuqqonlik va ishonch ham shu bilan bog‘liq aslida. Noyer jamoaga taklif qilinganida, “Bavariya” tarbiyalanuvchisi Tomas Kraft bilan raqobatga kirishishi taxmin qilingan edi, biroq klub darrov Noyerni birinchi raqamli ekanligini ma’lum qildi va iqtidorli Kraftni sotib yubordi. Keyinchalik Noyer davrida asosiy tarkibga suqilib kirishga qodir darvozabonlardan Singler va Fryuxtlasosiy jamoaga ham jalb etilmadi.
Bugunga kelib vaziyat tamomila o‘zgacha. Biroz yoshi o‘tgan, biroq kuchga to‘la Noyer hamda iqtidorli va katta sovrinlarga o‘ch Nyubel. Jamoaning asosiy darvozaboni uchun maydonda faqat bir dona o‘rin bor. “Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Myunxendagi vaziyat chigalligidan “Chelsi” va “Yuventus” foydalanib qolishi mumkin. Bu klublar allaqachon Noyerning agenti bilan aloqaga chiqishga ulgurgan. Shunga qaramay, Noyer Londonda ham Turinda ham raqobatga kirishishga to‘g‘ri keladi. Noyer tug‘ma jangchi. U hech qachon birinchi bo‘lib “oq bayroq” ko‘tarmasligi kundek ravshan.
Yodingizda bo‘lsa, 90-yillarda “Bavariya”da Klinsman va Matteus o‘rtasidagi janjal qanday oqibatlarga olib kelgan edi. Butun boshli “Bavariya” ikkiga bo‘lingan va ichki nizolar sababli jamoaning o‘yin darajasi ham tushib ketgan edi. “Bavariya” bu vaziyatdan Yurgenni sotib yuborish orqaligina chiqib ketgan edi. Hozir ham shunga o‘xshash vaziyat, biroq bu safar klub ikkiga bo‘linmasligi aniq. “Bavariya” futbolchilari to‘liqligicha eski qadrdonlari tomonida bo‘lishlari aniq. Katta orzular bilan Myunxenga ko‘chib kelgan Nyubel butun boshli yulduzlar jamoasiga qarshi turishga qodir emas. Menimcha, Nyubel allaqachon “Bavariya”ni tanlaganidan afsuslangan bo‘lsa, ajab emas. Agar sabr bilan “Feltins-Arena”da qolganida, muxlislar olqishi qurshovida qolar edi. Keyin o‘z-o‘zidan Noyerni terma jamoadagi o‘rniga ega chiqishi aniq edi. Qarabsizki, uning uchun “Bavariya” 40-50 million yevrodan voz kechar, “Shalke” ham Nyubelni hurmat bilan “Bavariya”ga qo‘yib yuborar edi. Bo‘lar ish bo‘ldi. Endi Nyubel “FK Gollivud”da jon saqlashi kerak.
240   
Добавить комментарий
Ваше имя: *