Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Son Janubiy Koreyadagi harbiy yig‘inga chaqirildi

Son Janubiy Koreyadagi harbiy yig‘inga chaqirildi

Автор: admin

«Tottenhem» hujumchisi Son Hyon Min koronavirus pandemiyasi tufayli Angliyani tark etib vataniga yo‘l oldi.
The Sun xabariga ko‘ra, 27 yoshli futbolchi Janubiy Koreyada 4 haftalik harbiy yig‘inga chaqirildi. Ayni paytda Son jarohatidan to‘liq tiklanib olgan va harbiy mashg‘ulotlarda qatnasha oladi.
Janubiy Koreya qonunlariga ko‘ra, har bir erkak 28 yoshgacha harbiy xizmatdan o‘tishi shart. U 21 oy davom etadi. Ammo Son Janubiy Koreya yoshlar jamoasi bilan Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqqan. Bu esa unga harbiy xizmatdan ozod bo‘lish imkonini beradi. Shunday bo‘lsa-da, Son qisqa muddatli harbiy yig‘inni o‘tashga majbur.


94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *