Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Iguain sobiq klubiga qaytishi mumkin

Iguain sobiq klubiga qaytishi mumkin

Автор: admin

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Gonsalo Iguain Argentinaga qaytib, faoliyatini yana «River Pleyt»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Clarin xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «River Pleyt» klubi Iguainni ortga qaytarish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. «Yuventus» 32 yoshli hujumchisi bilan shartnomani uzaytirishni istamasa, Argentina klubi Gonsaloga taklif bilan chiqadi. Argentinalik forvardning amaldagi shartnomasi 2021 yilgacha imzolangan.
Ma’lumot uchun, Iguain 2006 yil 19 yoshida «River Pleyt»dan Madridning «Real» klubi safiga qo‘shilgandi. Forvard ushbu mavsumda «Yuve» safida A Seriyadagi 22 o‘yinda 5ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Oldinroq, Iguainga Ispaniyaning «Atletik» klubi qiziqayotganligi haqida xabarlar berilgandi. Bilbao jamoasi ham aslida bask millatiga mansub bo‘lgan futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.


113   
Добавить комментарий
Ваше имя: *