Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Anchelottiga «Real»ning ikki futbolchisi kerak

Anchelottiga «Real»ning ikki futbolchisi kerak

Автор: admin

«Everton» «Real»dan Garet Beyl va Xames Rodrigesni sotib olmoqchi.
Marca`nig xabar berishicha, ingliz klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yangi mavsumda o‘z jamoasini Beyl va Xames bilan kuchaytirishni maqsad qilgan.
Italiyalik mutaxassis uelslik va kolumbiyalik futbolchilarni «Everton»ga o‘tishga ko‘ndirish oson bo‘lmasligini yaxshi bilsa-da, ammo u futbolchilarning rozilik berishlariga ishonmoqda. 
Ta’kidlanishicha, «Everton» futbolchilarga uzoq muddatli shartnomalar taklif qilishga tayyor. Anchelottining Madrid klubida Beyl va Xames bilan birga ishlagani muzokaralarga ijobiy ta’sir o‘tkazishi mumkinligi aytilmoqda.
Avvalroq ikki futbolchining «Real»dan ketishi to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Beylning «Real» bilan amaldagi shartnomasi ikki yildan so‘ng yakunlansa, Xamesning kelishuvi esa bir yildan keyin o‘z nihoyasiga yetadi.


95   
Добавить комментарий
Ваше имя: *