Goal24.uz » Jahon » Kaka Ronaldu va Messidan birini tanladi

Kaka Ronaldu va Messidan birini tanladi

Автор: admin

Braziliya milliy jamoasi va «Real» sobiq yarimhimoyachisi Kaka «Barselona» hujumchisi Lionel Messi hamda «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronaldudan birini tanladi.
«Men Krishtianu bilan birga to‘p surganman. U aqlbovar qilmas futbolchi, lekin men Messini tanlagan bo‘lardim. U haqiqiy daho va sof iste’dod egasi. Uning o‘yinlari meni hayratlantiradi.
Krishtianuni esa men mashinaga o‘xshataman. U jismoniy jihatdan kuchli va tezkor. Ronaldu doimo g‘alaba qozonishni va eng zo‘ri bo‘lishni xohlaydi. Men uchun bu uning eng yaxshi xislati.
Ular, shubhasiz, jahon sporti tarixidagi eng yaxshilari. Biz ikki futbolchining o‘yiniga guvoh bo‘layotganimizdan xursand bo‘lishimiz kerak», – deb Kakaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.


102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *