Goal24.uz » O'zbekiston » "Barselona" futbolchisining "Bunyodkor"ga transferi qay tariqa amalga oshmagan?

"Barselona" futbolchisining "Bunyodkor"ga transferi qay tariqa amalga oshmagan?

Автор: admin

Boy oilada katta bo'lgan Eto'O Kamerunning eng katta futbol sekciyasida shug'ullangan: 1996 yilda ota-onasi uni Ispaniyadagi yozgi lagerga jo'natdi.

U erdagi Samyuel "Malorka"ga qadar bir necha klublarda ijarada o'ynadi va 2004 yilda ushbu klubdan to'g'ri "Barselona"ga o'tdi. Kataloniya klubida Eto’O tezda superyulduzga aylandi, ko'plab gollar urdi va 8 sovrinni (shu jumladan ECHL tituli ham) qo'lga kiritdi.
Gvardiola kelganidan keyin barchasi o'zgardi - Ronaldino, Deku, Dzambrotta va Edmilson kabi futbolchilar klubni tark etdi. Keyingi navbat esa bir mavsumda 30tadan oshiq gollarni urayotgan Samyuel Eto’Oga kelgandi.
"Gvardiola hech qachon buyuk futbolchi bo'lmagan. SHunchaki yaxshi saviyada futbol o'ynagan. Buni o'ziga ham aytganman. Futbolda o'zini ko'rsata olmagan inson oldimizga kelib, boshqacha gaplarni gapirdi. U Anriga 9-raqamni berdi. Anri o'shanda xursand edi. Biroq bu mening manzilimga qilingan hurmatsizlik bo'ldi. Pep men bilan futbolchilar orqali gaplashardi.
Xavi jamoadoshlarim mening qolishimni istayotganini, ammo buning uchun Pep bilan kelishib olish kerakligini aytdi. Men esa - hech qachon dedim. Meni hurmat qilishmasa, men ham hurmat qilmayman", - dedi oradan bir necha yillar o'tib futbolchi.
Kamerunlikni sotish uchun klub vakillari ko'p harakat qilishdi, matbuot esa unga deyarli barcha top-klublar xaridorligini yozdi. SHuningdek, unga Osiyodan bir klub ham davogarlik qilayotgandi.
Bu O'zbekistondagi klub edi. Ha, Eto’O bizning davlat jamoasida o'ynashga yaqin turgandi.
O'sha paytlarda Gulnora Karimova O'zbekistonda futbol orqali davlat reytingini ko'tarishga intilayotgandi. U "Quruvchi" (keyinchalik "Bunyodkor") klubini sotib oldi va katta pul tikdi, stadion va qarorgoh barpo qildi, Ziko, Skolari va Rivaldo kabi futbol olamidagi katta nomlarni O'zbekistonga olib keldi va mamlakatda gegemon jamoaga tashkil soldi: "Bunyodkor" keyinchalik Osiyo CHempionlar ligasida yarim finalgacha bordi, terma jamoaning JCHga chiqishi esa haligacha mo'jizaga tenglashtiriladi.

U transfer ishlarini yakunlash uchun Eto’Oni O'zbekistonga chaqirdi, shuningdek, "Barselona"ning bir necha top-futbolchilari mamlakatimizda master-klasslar o'tkazishdi, buni qarang: O'zbekiston - ajoyib davlat!
Samyuel Eto’O ushbu amalga oshmagan transferni yodga oldi, biroq butun internet bundan xabardor edi.

Endi asosiy faktlarga o'tamiz.
Eto’Oning ushbu tashrifi butun O'zbekistonni larzaga soldi: "Bunyodkor" rasmiylari avvaliga futbolchi shunchaki mehmon sifatida davlatga taklif qilinganini aytdi. Oradan vaqt o'tib, u "Bunyodkor" futbolchisiga aylangani malum qilindi.

O'shanda "Bunyodkor" bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bu borada shunday degandi:
"Eto’Oning transferi - xazil emas! Bu "Barselona" bilan hamkorlik natijasi. Hozircha transfer borasidagi malumotlarni bilmayman, ammo yaqin vaqtlar ichida buni bilib, matbuotga malum qilaman. Biroq shu aniqki, Eto’O kamida 6 oy davomida "Quruvchi" tarkibida milliy chempionat va OCHL o'yinlarida qatnashadi.
Bizning maqsadimiz - chiroyli futbol bilan xalqni futbolga jalb qilish. Eto’O - davlatda futbolni targ'ib qilish uchun ideal nomzod. Klub rahbariyati mening oldimga katta vazifalarni qo'ygan".

Ha, Eto’Oning o'zi ham ko'plab intervyular bergan va shu sababli u o'zining gaplaridan adashib ketavergan. Toshkentdan qaytib ketgan futbolchi francuz televideniesiga batafsil malumotlarni aytgan:
"Ular menga 3-4 oy uchun 25 mln taklif qilishdi. Bu taklifdan boshim aylanib ketdi".
Keling, boshidan boshlaymiz: u "Bunyodkor"ning taklifiga ko'ra Toshkentga uchib kelgan, u erda mashg'ulot o'tkazgan va hattoki "Bunyodkor" tarkibida mavsumoldi sinov-nazorat o'yinida ham qatnashgan, biroq u taklif qilingan shartnomaga rad javobini bergan.
Eto’O esa bunga: "Kamerun termasi futbolchisi sifatida men oldimga yirik klublar tarkibida o'ynab, katta vazifalarni qo'yishim kerakligini barcha tushunishini istardim"
U keyinchalik Mourinyu boshchiligidagi "Inter"ga bordi. Italiyadan keyin esa "Anji"da o'ynadi.
201   
Добавить комментарий
Ваше имя: *