Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Hakimining agenti «Real» bilan yangi shartnoma imzolanganini inkor etdi

Hakimining agenti «Real» bilan yangi shartnoma imzolanganini inkor etdi

Автор: admin

Dortmundning «Borussiya» klubida ijarada to‘p tepayotgan «Real» himoyachisi Ashraf Hakimining agenti Alexandro Kamano mijozining Madrid klubi bilan shartnomani uzaytirgani haqidagi ma’lumotni rad etdi.
«Bunga hech qanday asoslar yo‘q. «Real» bilan shartnoma hali ham 2017 yilda kelishganimizdek 2022 yilgacha amal qiladi.
Hozircha kutgan ma’qul. Ushbu qiyin va sinovli kunlardan so‘ng «Real» va «Borussiya» klublari bilan muzokaralarni boshlaymiz», - deydi futbolchining agenti.
Avvalroq Ispaniyaning Marca nashri «qirollik klubi» 21 yoshli futbolchi bilan 2023 yilgacha mo‘ljalangan shartnoma imzoladi, deb xabar tarqatgandi.


94   
Добавить комментарий
Ваше имя: *