Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Koutino “Chelsi”ga o‘tishi mumkin

Taniqli “Marca” nashri bergan xabarlarga suyanadigan bo‘lsak, Braziliya terma jamoasi a’zosi Koutino yozda “Chelsi” klubiga o‘tishi mumkin.
Ayni damda ijara asosida “Bavariya”da harakat qilayotgan futbolchi uchun Katoliniya klubi 80 million yevro talab qilmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “aristokratlar” allaqachon futbolchining agenti bilan uchrashishga ham ulgurgan.
“Everton” Bernardni sotadi
 
Avvalroq Angliyaning “Everton” klubi o‘z yarim himoyachisi Bernardni transferga qo‘yishi haqida xabar bergan edik.
Bugun “Roma” yarim himoyachis borasida rasmiy taklif bilan chiqdi. Liverpul shaxri klubi o‘z futbolchisini 18-20 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligini rasman e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Bernard va “Roma” ustozi Paulo Fonseka avval “Shaxtyor” klubida birga faoliyat olib borishgan.
“Arsenal”dan o‘zgacha yurish
 
“Athletic” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “kononirlar” yozda “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Jessi Lingardni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
So‘nggi paytlarda o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Lingard ham APLda qolish maqsadida “Arsenal”ga o‘tishga qarshi emas.
“Arsenal” Jessining transferi uchun 20 million yevro ajratishni reja qilmoqda.
“Siti” Savichni ortga qaytarmoqchi
 
Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, “Manchester Siti” yozda markaziy himoyachi sotib olishni reja qilmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoa shortlistida “Atletiko Madrid” himoyachisi Stefan Savich ham bor. Savichning transfer narxi 30 millionga baholangani bois, “shaxarliklar” uni sotib olishi mumkin.
Elsatib o‘tamiz, Savich 2011/12-yilgi mavsumlarda “Manchester Siti” sharafini himoya qilgan.
Shakiri Rossiyaga yo‘l olishi mumkin
 
Angliyaning “Liverpul” klubi yarim himoyachisi Sherdan Shakiri yozda Moskvaning SSKA klubiga o‘tishi mumkin.
“Blick” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “armiyachilar” “Liverpul”ga Shakiri borasida rasmiy taklif bilan chiqishgan.“Liverpul” o‘z vingerini 30 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Eslatib o‘tamiz, Shakiri bilan “Roma” va “Sevilya” jamoalari ham qiziqib qolgan.

166   

Shuningdek tavsiya qiling

25-01-2020, 09:06

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *