Goal24.uz » Video lavhalar » Tarixiy to‘qnashuv: Ronaldoning Ronalduga qarshi o‘yini (VIDEO)

Tarixiy to‘qnashuv: Ronaldoning Ronalduga qarshi o‘yini (VIDEO)

Автор: admin

Krishtianu Ronaldu va Ronaldo turli davrlarga mansub futbolchilar, garchi braziliyalik atigi 8 yosh katta bo‘lsa-da. Endi Ronaldo "Valyadolid"ga rahbarlik qiladi, Krishtianu esa "Yuventus"da o‘ynamoqda. Rasmiy o‘yinlarda ular hech qachon bir-biriga qarshi o‘ynashmagan.

Qarang: 2002-2003 yillarda Krish "Sporting"da, "so‘yloq" esa "Real"da porladi. Keyin Ronaldu "MYU"ga, 2009 yilda "Real"ga o‘tdi, ammo braziliyalik allaqachon "Milan"ga (2007 yilda) o‘tib ketgandi. 4 yildan so‘ng u Braziliyadagi faoliyatini yakunladi.

Bu vaqtda Portugaliya va Braziliya o‘rtoqlik uchrashuvlarida ikki marta to‘qnash kelishgan. 2007 yilda Portugaliya Londonda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, Krishtianu safda edi, ammo Ronaldo yo‘q.
Ammo, baribir, Ronaldu Ronaldoga qarshi o‘yin o‘tkazdi – 2005 yilda Luish Figu tomonidan tashkil etilgan xayriya o‘yini. O‘yin Algarve shahrida 25 ming tomoshabin qarshisida bo‘lib o‘tdi, maydonga mashhurlar tushdi: braziliyalik Ronaldu Figu tomonida, yosh Krish esa raqib.

Ronaldu yarim soat ajoyib fintlar ko‘rsatdi, shundan so‘ng u almashtirildi.

Aytgancha, bu o‘yin odatiy o‘rtoqlik o‘yinlaridan farqli ravishda bir tomonning g‘alabasi bilan tugadi. Maydonda o‘sha o‘yinda Ronaldo, Ronaldu, Figu, Roberto Karlos, Alan Smit, Lukas Radebe va hatto Abel Shavyer ham bor edi. Va Figu jamoasiga Bobbi Robson murabbiylik qilgandi.
Keyinchalik Ronaldo va Ronaldu uchrashishdi, o‘shanda braziliyalik afsona "Real"ning elchisi bo‘lgan, Krishtianu hali "Yuventus"ga ko‘chib o‘tmagandi.

“Biz bir-birimizdan farq qilamiz. Ammo istagimiz bir xil – ko‘proq gollar urish, – degandi Ronaldo. – Krishtianuning 33 yoshgacha ushbu formada o‘ynaganligi tasodif emas».
Manba: sports.ru

310   

Комментарии
(1)

  1. Dilshodbek 1 июня 2021 21:13
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Yaxshi
    Zo'rrrrrr

    Yaxshi
Добавить комментарий
Ваше имя: *