Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «Vulverhempton»dan kambek – «Manchester Siti» yana mag‘lub etildi

APL. «Vulverhempton»dan kambek – «Manchester Siti» yana mag‘lub etildi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasining 19-turida «Vulverhempton» o‘z uyida «Manchester Siti»ni qabul qilib, 2ta gol farqini yo‘qqa chiqardi va irodali g‘alabaga erishdi. «Shaharliklar» safida Sterling dublga erishgan bo‘lsa, «bo‘rilar»dan Traore, Ximenes va Doerti kiritilgan to‘plarga mualliflik qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, jamoalarning Manchesterdagi o‘yinida ham «Vulverhempton» g‘alaba qozongandi (0:2).
G‘alabadan so‘ng «Vulverhempton» ochkolarini 30taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Manchester Siti» esa 38 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
APL, 19-tur
Vulverhempton – Manchester Siti 3:2 
27 dekabr, «Molina Stedium»
Gollar: Traore (55), Ximenes (82), Doerti (90) – Sterling (25, 50).
Vulverhempton: Ruy Patrisiu, Kastro (Ruben Vinagre, 73), Doerti, Koudi, Moutinyu, Dendonker, Ruben Nevesh, Saiss, Traore, Diogu Jota (Netu, 79), Ximenes (Bennett, 90+4).
Manchester Siti: Ederson, Otamendi, Uoker, Mendi, Fernandino, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Marez (Erik Garsiya, 46), de Bryuyne (Gyundogan, 67), Sterling, Aguero (Bravo, 14).
Ogohlantirish: Otamendi (60).
Chetlatish: Ederson (12).


169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *