Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Villian uchun da’vogarlar nomi ma’lum

Taniqli “Mundo Deportivo” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Chelsi” yarim himoyachisi Villian yozda erkin agent sifatida boshqa klubga o‘tishi mumkin.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, braziliyalik futbolchi uchun “Barselona” va PSJ jamoalari kurash olib borishadi.
Ma’lumotlarga qaraganda, Villanning Barselona safiga borib qo‘shilishi Filippe Koutinyoning sotib yuborilishi bilan bog‘liq.
“Liverpul” himoyachi izlamoqda

Angliyaning “Liverpul” klubi yozda jamoani tark etishi aniq bo‘lib ulgurgan Deyan Lovrening o‘rnini “Olimpiyakos” jamoasi himoyachisi Usseyn Ba bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.
CDNA nashrining ma’lum qilishicha, 24 yoshlik himoyachi allaqachon “Liverpul” skautlari tomonidan Yurgen Kloppga tavsiya etilgan ekan.
Grek klubi senegallik himoyachini o‘tgan mavsum startida harid qilgan bo‘lsada, uning transferidan 20 million yevro ishlab olishga qarshi emas.
Bundan tashqari, Ba Sadio Manening do‘sti bo‘lib, hujumchi uni “Enfild”ga olib kelishda klubga yordam qo‘lini cho‘zmoqda.
Ikardi “nishonda”
 
Ayni damda ijara asosida Parij klubida harakat qilayotgan Mauro Ikardi yozda “Real Madrid”da ko‘rinish berishi mumkin.
Bu haqida “MundoDeportivo” nashri ma’lum qilmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, “qirollik klubi” agar Erling Xoland transferini amalga oshira olmasa, bor e’tiborini Ikardiga qaratadi.
“Inter” argentinalik hujumchini sotib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qildi. Bugungi kunda Ikardining transfer qiymati 75 million yevroga teng.
Jiru “Chelsi”da qoladi?!



Londonning “Chelsi” jamoasi hujumchisi Oliviye Jiru klubda qolishni istamoqda “FootballLondon” nashri ma’lum qilishicha, yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan hujumchi jamoa safida yana bir mavsum harakat qilishni istamoqda.
Frenk Lempard ham hujumchining harakatlaridan qoniqish hosil qilmoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, Jiru va “Chelsi” o‘rtasidagi yangi shartnoma korona-tanaffusdan so‘ng imzolanadi.
Boateng uchun kurash boshlandi

Myunhenning “Bavariya” jamoasi himoyachisi Jerom Boateng bir yo‘la ikkita London klubinishonida turibdi.
“Footmercato” nashrining ma’lum qilishicha, 31 yoshli futbolchining hizmatlari bilan “Chelsi” va “Arsenal” klublari jiddiy qiziqib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, Boatengning “Bavariya” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi. Shu bois, nemis klubi himoyachini yozda sotib yuborishga qaror qildi.

208   

Shuningdek tavsiya qiling

24-12-2019, 08:10

Transfer olamidagi yangiliklar

22-12-2019, 09:35

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *