Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Chin muhabbat: Islomga mehr qo‘ygan 10 futbolchi

Chin muhabbat: Islomga mehr qo‘ygan 10 futbolchi

Автор: admin

Mesut O‘zil
Albatta, musulmon futbolchilar deganda birinchilardan bo‘lib aynan O‘zil ko‘z oldimizda gavdalanadi. Boisi ko‘p bora uning maydonga tushishdan oldin yoki maydonda Allohga iltijo qilib, duo o‘qiganini ko‘rganmiz. Yoki yaqinda uyg‘ur musulmonlarining yonini olib, Xitoyga qarshi chiqqanidan ham xabardorsiz. Hozirda O‘zil "Arsenal" safida to‘p surmoqda.

 
Sami Xedira
Germaniyalik futbolchining musulmon ekanligini balki, bilmassiz. Ammo Sami ham xuddi O‘zil kabi musulmonlik burchlarini sharaf bilan bajarib keladi. Qolganini Alloh bilguvchi.
Jerdan Shakiri
Shveysariya terma jamoasi hamda "Liverpul" klubi vakili Jerdan Shakiri ham Islom diniga mehr qo‘ygan. To‘g‘ri, buni maydonda muxlislar ko‘z o‘ngida ko‘p ham ko‘rsatavermaydi. Shuning uchunmi, Shakirining musulmon ekanligini hamma ham bilmas.
Pol Pogba
Pogba — musulmon. Buni ko‘pchilik biladi. Ammo fransiyalik futbolchining tashqi ko‘rinishiyu ayrim qiliqlari musulmonchilikka to‘g‘ri ham kelmas. Lekin bu borada yakdil xulosa chiqarish O‘zining hukmida. Bilganimiz, Pogba Islom dinini qabul qilgan.
Bakari Sanya
"Manchester Siti" klubidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshigina tanilgan futbolchi. Senegalda tug‘ilgan, Fransiya terma jamoasi safida o‘ynagan. Sanya senegallik boshqa bir millatdoshi — Sadio Mane kabi Islom dinini qabul qilgan.
Emre Jan
Emre Janning O‘zil bilan o‘xshash tomonlari ko‘p — ikkalasining ham millati turk, ikkalasi ham Germaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan va nihoyat ikkalasi ham musulmon.
Granit Jaka
Shveysariyalik yana bir musulmon futbolchi. Jerdan Shakirining vatandoshi. Ayni damda "Arsenal"da to‘p suradigan futbolchi Islomni qabul qilgan.
Arda Turan
So‘nggi paytlarda ko‘p marta  mojarolar markazida qolgan turkiyalik futbolchi. Yuqoridagi turklardan farqli ravishda u Turkiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. O‘xshash tomoni esa – u ham musulmon.
Mussa Dembele
Belgiyalik Mussa Dembele ham musulmon hisoblanadi. U bu borada yagona emas.
Maruan Fellayni
Yana bir belgiyalik musulmon futbolchi. Bir paytlar "Everton", "Manchester Yunayted" kabi klublardagi o‘yini bilan muxlislar e’tiboriga tushgan Maruan ham yuqoridagi 9 futbolchi kabi musulmon.
 
Manba: soccernews.ru

373   

Комментарии
(1)

  1. Ibrohimov Ziyovuddin 25 июля 2020 11:48
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Muslmonlarn Alloh oz qolid
Добавить комментарий
Ваше имя: *