Goal24.uz » Foto lavhalar » Ushbu mavsumning eng foydasiz yulduzlari (Top-11)

Ushbu mavsumning eng foydasiz yulduzlari (Top-11)

Автор: admin

11. Tangi Ndombele ("Tottenxem")
U yulduz emas, deyishga shoshilmang. Dunyoda bitta tayanch yarim himoyachiga Manchester Siti"dagi Rodridan ko'ra ko'proq pul to'langan. U ham bo'lsa aynan Tangi Ndombeledir. Ispaniyalik har doim ham yaxshi o'yin ko'rsatmasa-da, hech bo'lmaganda Gvardiolaning ishonchini oqladi, bir qator muvaffaqiyatli uchrashuvlarni o'tkazdi. Ndombelening esa "Tottenxem"dagi debyuti chatoq kechdi. O'yinchi uchun 60 million evro to'langandi va u oqlanmayapti.

"Jamoa o'yinchilarga qaraganda muhimroq, endi Ndombele uchun boshqa imkoniyat berolmayman" - Joze Mourino.

10. Diego Kosta ("Atletiko")
Braziliyalik ispanning xulqidan barchamiz xabardormiz, shuning uchun bunday tipdagi o'yinchini faqat Diego Simeone kabi murabbiy boshqarishi mumkin. 

Murabbiy unga evrokuboklarda ishonch bildiryapti, bundan tashqari, Ispaniya chempionatida ham imkoniyat taqdim etmoqda. Mavsumda 2 ta gol va 3 ta assist. Juda yomon ko'rsatkich, shunlay emasmi? Kosta odatdagidek, qo'pol va yomon o'yin ko'rsatishda davom etyapti. U Morata va Felishga o'rnak bo'la olmayapti.

9. Lyuka Ernandes (Bavariya)
"Bavariya"ning yangi rekordchisi universalizmga ega bo'lsa ham, o'zini yomon tomondan ko'rsatmoqda. Aslida "Atletiko" jahon chempionini o'zida saqlab qolmoqchi edi, ammo ular Lyukaning ketish istagi va nemislar taklif etgan narxni ko'rib, kelishuvga rozi bo'lishdi. Hozirda Simeone jamoasi chap qanotida umidli Lodi bor. U CHempionlar Ligasida ishonchli o'yini bilan barchaning yodida qoldi. Ernandes esa "Bavariya"da o'zini ko'rsata olmadi, foydalilik va tezlik bo'yicha hatto kanadalik yosh futbolchi Devisga yutqazdi. 

Hali Lyukaga yana imkoniyat beriladi, lekin u universal (ham markaz, ham qanotda o'ynay oladi) ekanligiga qaramasdan hozirgacha kam o'yin o'tkazdi.

8. Joau Kanselu ("Manchester Siti")
Yozning yana bir qimmat futbolchisi, "Manchester Siti" yangi azosi - qanot himoyachi Joau Kanseludir. U o'ziga noqulayroq chap qanotda Zinchenkodan yoki Mendidan yaxshiroq o'ynashi yoki o'ngdan Uokerni "olib tashlashi", Gvardiola klubini kuchaytirishi lozim edi. Biroq, Joau hujumda unchalik samara bermayapti - "Manchester Siti" tez-tez qanotdan hujumga o'tadi, demak qanot egalari ham oldinda, ham orqada birdek faol bo'lishlari kerak. Kanselu esa "shaharliklar" safida bu funkciyani u qadar yaxshi bajara olmayapti.

Ehtimol, u "Yuventus"dan ketayotganda xatoga yo'l qo'ygandir, chunki u Premer-ligada atigi 8 ta o'yin o'tkazdi va CHempionlar Ligasiga 4 ta uchrashuvda qatnashdi, ammo yorqin o'yin ko'rsatmadi. Joau endilikda 65 million evro havoga uchib ketmaganini isbotlashi lozim.

7. Aleksis Sanches ("Inter")
CHililikning faoliyatidagi inqiroz birinchi marta kuzatilmayapti. U "Manchester Yunayted"da yuqori darajada o'ynamadi, Konte qo'l ostida ham ochilib ketgani yo'q. Ammo, Antonio Konte har qanday futbolchini o'ynata biladi, hatto u yomon kayfiyatda va oxirgi klubida muammolarga duch kelgan bo'lsa-da. Ko'ramiz, kuzatishda davom etamiz.  

Aleksis Sanches futbolchilik faoliyatini "yakunladi" yani bazan faqat CHili terma jamoasi uchun "uyg'onmoqda". "Inter"  "Yuventus" va "Lacio"dan yuqori pog'onada turishi uchun uning goli va uzatmalariga muhtoj edi, lekin APLda porlagan o'yinchi - hatto Evropa Ligasida zaxirada o'tirdi. A Seriya haqida aytmasa ham bo'ladi: 199 daqiqa. Dahshat!  Afsuski, bu ijaraning to'liq muvaffaqiyatsizligi(!) hisoblanadi.

6. Garet Beyl ("Real")
Garet aql bovar qilmaydigan darajadagi futbolchi edi, biroq u bilan nimalar sodir bo'lmadi, deysiz. Uning jismoniy holati genetika sovg'asi, ammo aql bilan "qorishib ketmagan". Afsuski, futbol Beylni "yo'qotdi". Beylning aytishicha, u sport zalda o'z ustida alohida ishlamaydi, uning mushaklari o'z-o'zidan kuchli, baquvvat va tabiiy ekan. Beyl dam olish va boshqa o'yin-kulgilarga qiziqadi. Masalan, golfga.

 Bundan tashqari, futbol kasbiga doir gap ketganda, uning ko'plab jarohatlarini unutmaslik lozim, "Real Madrid" nega Garetni yozda bepul qo'yib yuborishi mumkinligini yuqoridagi faktlar orqali tushunib etasiz. Oxirgi paytlarda klub prezidenti Peres unga maosh to'lashdan charchaganini yashirib o'tirmayapti.

5. Kepa Arrisabalaga ("CHelsi")
Kepa "CHelsi"ni tark etishga tayyor, klubni o'zgartirishni xohlayotgani esa aniq ko'rinib turibdi. Lempard va Kepa umumiy til topishib keta olishmadi. Arrisabalaga, agar kimdir unutgan bo'lsa, dunyodagi eng qimmat darvozabon. 

U hozirgi "Liverpul" taqdirida muhim rol o'ynovchi Alisson, "Atletiko"ning qoyilmaqom darvozaboni Oblak, "Barselona"ning germaniyalik posboni Ter SHtegen, "Real" safidagi Kurtua, ispaniyalik hamkasbi De Xea, "Ayaks" vakili Onanadan qimmatroq. 

4. Usmon Dembele ("Barselona")
Dembele "Barselona"ga kelganida muxlislardan tashqari, Bartomeu ancha xursand bo'lgandi. . "Borussiya" uning iqtidorini tezda anglab etdi, chunki sotishni qatiy rad etdi, shu sababli Dembele asabiylashishni boshladi, klubga boykot elon qilib, o'zini Kataloniya klubiga qo'yib yuborishlarini so'radi.

Usmon "Barselona" safida La Liganing 5 o'yinida maydonga tushib, bitta gol urdi va 136 daqiqa CHempionlar Ligasida o'ynadi. Keyin u jarohat olib, uzoq vaqtga safdan chiqdi. Koutino uchun transfer bozorida talabgorlar bo'lsa-da, Dembele uchun 100 million evro to'laydigan klubni topish qiyin. Usmon kompyuter o'yinlari muxlisi ham sanaladi, bu tufayli mashg'ulotlarga ham kechikib turgani haqida malumotlar bor.

3. Luka Yovich ("Real")
Yovich tinch yurmaydigan futbolchilar sirasiga kiradi. U Madridni tark etib, Belgradni aylanib chiqdi, karantinga umuman amal qilmadi. Yovich maydonda ham ana shunday masuliyatsiz. U Madridda mashaqqatli mashg'ulot o'tkazish o'rniga o'z vataniga yo'l oldi.

"O'g'lim koronavirus uchun ikki marta test topshirdi va ikkalasi ham manfiy chiqdi. U Serbiyaga borish mumkin deb o'yladi. Ammo, endi u hamma uchun jinoyatchiga aylandi. Bilasizmi, agar Luka panjara ortiga olinishi kerak bo'lsa, albatta, o'sha erda o'tiradi" - deydi futbolchining otasi. 

2. Pol Pogba ("Manchester Yunayted")
Biz bu erda yangi hech narsa haqida xabar bermaymiz, chunki u "Manchester Yunayted"dan ketishi kerakligi va uning "tarixi"ga chek qo'yish lozimligi haqda ko'p gapirildi.

Vudvord futbolni tushunmaydi, shuning uchun u doimo Pogbaning o'ynashini kutgan.

1. Eden Azar ("Real")
Ushbu mavsumdagi omadsizliklar ichidan bundanda ko'proq ahamiyatga ega, ko'rsatkichi past va katta miqdordagi transferni keltirish mumkinmi? Albatta, yo'q. U yaxshi formaga qaytishga harakat qilayotgani bo'yicha shubha yo'q. De Bryuyne tashabbus ko'rsatishni o'rganmasdan oldin Belgiya terma jamoasini u o'z ortidan etaklagan. Eden allaqachon "CHelsi"da yomon mavsum o'tkazgan, hatto butun bir mavsumni.

Afsuski, yozning asosiy transferlaridan biri hammaning hafsalasini pir qildi. Axir, Azar tajribali futbolchi va u kuchli jamoaga kelayotganini oldindan bilardi. Futbol ahli uning darhol muvaffaqiyatli to'p tepib ketishini kutgandi. 

Bu mavsumdagi o'yinlari orqali sizni salbiy tarafdan ajablantirgan futbolchilar bormi? Ular kimlar?
169   
Добавить комментарий
Ваше имя: *