Goal24.uz » O'zbekiston » Eldor Shomurodovning yangi transfer narxi ma’lum bo‘ldi

Eldor Shomurodovning yangi transfer narxi ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

«Transfermarkt» portali koronavirus pandemiyasi sababli 8 aprel kuni aksariyat futbolchilarning transfer bahosini tushirdi.
Jumladan, Rossiyaning «Rostov» va O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning transfer bahosi ham tushgan. 24 yoshli futbolchining transfer narxi 800 ming yevroga arzonlab, hozirda 5,2 million yevroga baholangan. 
Qayd etish joiz, Eldor Shomurodov Rossiya Premer-ligasi to‘purariga aylangach, uning transfer qiymati 6 million yevroga ko‘tarilgan edi.
Ma’lumot uchun, oldinroq «Transfermarkt» portali O‘zbekiston milliy jamoasi sardori Odil Ahmedovning ham transfer narxini 500 ming yevroga tushirib, 2 million yevro deya belgilagan edi.


321   
Добавить комментарий
Ваше имя: *