Goal24.uz » O'zbekiston » Koronavirus: O‘zbekistonlik futbolchilarning narxi qanchaga pasaydi?

Koronavirus: O‘zbekistonlik futbolchilarning narxi qanchaga pasaydi?

Автор: admin

Transfermarkt portali koronavirus pandemiyasi tufayli o‘yinchilarning narxlarini yangiladi. Deyarli barcha futbolchilarning narxi 20 foizga kamaytirilgan bo‘lsa, 1998 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilarning narxi 10 foizga pasaytirildi.

O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turgan Eldor Shomurodovning narxi 1 million yevroga arzonlashib, besh yarim million yevroni tashkil qildi.

Odil Ahmedovning narxi esa 2,5 milliondan 2 million yevroga tushirildi. Uchinchi pog‘onadagi Otabek Shukurovning ham narxi 20 foizga arzonlashtirildi — 1,6 million yevro. "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipovning narxi esa 1,4 million yevroga tushirildi.

Keyingi o‘rinlarga Igor Sergeev (1,3 mln. yevro), Aziz G‘aniyev (1,0 mln. yevro), Vitaliy Denisov (950 ming yevro), Temurxo‘ja Abduxoliqov (950 ming yevro) va Oston O‘runov (900 ming yevro) egallashdi.

Koronavirus pandemiyasidan so‘ng o‘zbekistonlik futbolchilar narxlari (top-20)
1. Eldor Shomurodov ("Rostov") — 5.20 mln. yevro
2. Odil Ahmedov ("Shangxay SIPG") — 2.00  mln. yevro
3. Otabek Shukurov ("Sharja") — 1.60 mln. yevro
4. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") — 1.40 mln. yevro
5. Igor Sergeev ("Paxtakor") — 1.30 mln. yevro
6. Aziz G‘aniyev ("Shabab al-Ahli") — 1.00 mln. yevro
7. Vitaliy Denisov ("Rotor") — 950 ming yevro
8. Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv") — 950 ming yevro
9. Sardor Rashidov ("Qatar SK") — 900 ming yevro
10. Oston O‘runov ("Ufa") — 900 ming yevro
11. Islom To‘xtaxo‘jayev ("Shengyang Urban") — 800 ming yevro
12. Ikromjon Aliboyev ("Seul") — 750 ming yevro
13. Oleg Zoteev ("Lokomotiv") — 725 ming yevro
14. Farrux Sayfiyev ("Paxtakor") — 725 ming yevro
15. Doston Hamdamov ("Paxtakor") — 725 ming yevro
16. Sardor Mirzayev ("Muangtong Yunayted") — 650 ming yevro
17. Yegor Krimes  ("Paxtakor") — 650 ming yevro
18. Jamshid Iskanderov ("Seongnam") — 650 ming yevro
19. Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor") — 650 ming yevro
20. Marat Bikmayev "(Lokomotiv") — 600 ming yevro
21. Xurshid G‘iyosov ("Anyang") — 600 ming yevro

156   
Добавить комментарий
Ваше имя: *