Goal24.uz » Jahon » Dunyoning eng yaxshi 10ta darvozaboni

Dunyoning eng yaxshi 10ta darvozaboni

Автор: admin

So'nggi yillarda biz bu gaplarning isbotini qayta va qayta futbol maydonida ham, transfer bozorida ham ko'rib guvoh bo'ldik. Xo'sh, bugungi kunda darvozabonlar ichida TOP-10ga kimlar kiradi?

10-o'rin. Manuel Noyer ("Bavariya"; Germaniya)

Umuman olganda bu o'rinda Voycex SHHesny yoki Janluiji Donnarumma bo'lishi mumkin edi. Lekin biz Manuel Noyerni hurmat qilgan holda, yaqinda eng kuchli darvozabonlar ro'yxatini boshqarayotgan va Germani uchun omadli JCHdan keyin "Oltin to'p"ga talabgor bo'lgan kiperni 10-pog'onaga loyiq ko'rdik. Biroq darvozabon keyingi mundialdan avvalgi mavsumda jarohat tufayli deyarli maydonga tushmadi. JCH-2018da esa u qadar ishonchli ko'rinmagan Noyer Germaniya bilan guruh bosqichidan keyinoq uyga qaytdi. Manu tajribali va mahoratli posbon, ammo jarohatlar 34 yoshli sportchini qiynab yubordi. Nima bo'lsa xam germaniyalik darvozabon o'zini qadrlashi va o'z kuchiga bo'lgan ishonch hech qaerga yo'qolgani yo'q: "Bavariya"dan 2025 yilgacha mo'ljallangan shartnoma talab qilyapti va tanqidlardan qo'rqmayapti.

9-o'rin. Ugo Loris ("Tottenxem"; Franciya)

Amaldagi jahon chempioni va ECHLning oxirgi finali ishtirokchisi bu ro'yxatdan tushib qolishi mumkin emasdi. Loris — darvoza chizig'ida ajoyib harakat qila oladigan zo'r kiper, lekin u ham ko'pchilik francuz posbonlari kabi "qovun tushirish" odati bor. Bartezga etishiga hali borku, lekin raqiblariga bazan kutilmagan "sovg'alar" tortiq qiladi. Ugoni ham sog'lig'ida muammolar mavjud va bu mavsumda ham u jarohat sabab bir necha oyni maydondan tashqarida o'tkazdi. "Tottenxem" esa so'nggi vaqtlarda jarohatlar sabab qanchalik qiynalganini barchamiz yaxshi bilamiz.

8-o'rin. Samir Xandanovich ("Inter"; Sloveniya)

"Keksa", ammo hech ham foydasiz emas. Xalqaro faoliyatini Samir besh yil oldin tugatgandi. Sababi Sloveniya termasida ekstra-klassdagi yana bir darvozabon paydo bo'ldi, ammo  posbon A Seriyada ikkinchi o'n yillik o'tayaptiki eng kuchlilar qatoridaligini yodga solib qo'yishdan charchamayapti. Bu vaqtning katta qismini u "Inter"da o'tkazmoqda. Albatta Italiyadagi faoliyatining asosiy qismida Samir Janluijji Buffonning soyasida qolib ketdi, ammo hozir Xandanovich — chempionatning eng mohir va tajribali darvozaboni.

7-o'rin. David De Xea («Manchester Yunayted»; Ispaniya)

Kimlardir De Xeani hamon dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb hisoblaydi. Axir bir necha yil avval David muntazam ravishda bu ro'yxatda kuchli uchlikdan joy olar va chalajon "Manchester Yunayted"ni bir o'zi olg'a undardi. Darvoza chizig'idagi harakatlari, "uchishlari"ni tariflashga til ojiz edi, ularning soni esa aqlbovar qilmasdi. Hozir ham David kuchli o'yinlar o'tkazmoqda, ammo endi vaqti-vaqti bilan bunday bo'lyapti. Biroq jamoalaring (MYU va Ispaniya termasi) hech nima yuta olmasa, sen ham eng yaxshilar qatorida bo'la olmaysan. Buning oqibatida bazan ishtiyoq pand bersa, bazan xatolar qimmatga tushayapti.

6-o'rin. Ederson («Manchester Siti»; Braziliya)

Ederson "Manchester Siti" tarkibiga shunday qo'shildiki, qisqa vaqt ichida nafaqat jamoasi asosiy tarkibi, balki APLning eng yaxshilari qatorida tilga olina boshlandi. Birinchi mavsumida u 17 ta "quruq" o'yin o'tkazdi, keyingisida - 20 ta. Pep Gvardiola biror marta braziliyalik posbon uchun sarflangan 40 million evroga achinmadi, Ederson "Manchester Siti" usuli uchun ideal posbon.

5-o'rin. Keylor Navas (PSJ; Kosta-Rika)

Ajoyib darvozabon va kamtar inson. Yangi yorqin misol: PSJ futbolchilari butun jamoa bo'lib Erling Xolandni "Borussiya" ustidan CHempionlar Ligasidagi qozonilgan g'alabadan keyin "trol" qilishganida ham Navas bu ishda qatnashishni qatiy rad etgan. "Real" safida Keylor uch marta ECHLda zafar quchdi. Keylor qolishni istasada, "qaymorqanglilar" rahbariyati uni Parijga "jo'natib" yuborishdi. Franciya poytaxtida Navasning ishlari joyida, uning ishonchli o'yini jamoadoshlari o'yiniga ham ijobiy tasir qilmoqda.

4-o'rin. Tibo Kurtua («Real»; Belgiya)

Barcha jihatlarda katta darvozabon "Santyago Bernabeu"dagi birinchi mavsumi og'ir o'tdi: ko'p mag'lubiyat va o'tkazib yuborilgan gollar. Vaholanki, sinchkovlik bilan tahlil qilsak, ko'p gollarda Tiboning xatosi yo'q edi. Biroq Navas ketgach, Kurtua chindan yaxshiroq o'ynay boshladi va yana top darajaga qayta oldi. Kurtua o'zining seyvlari bilan "Real" uchun qator o'yinlarni yutib berdi, ammo uni porloq kelajak va endi finallardagi g'alabalar kutib turgani aniq.

3-o'rin. Mark-Andre ter SHtegen («Barselona»; Germaniya)

Hozirda dunyoning eng kuchli 3 posboni borasida javob deyarli aniqdek, ammo ular qay tartibda joylashishi turli ko'rinish olishi mumkin. Keling, Mark-Andre ter SHtegendan boshlaylik. U "Barselona"ga kelgach, katta o'sishga erishdi. "Kamp Nou"dagi dastlabki ikki yil davomida u Klaudio Bravoga asosiy tarkib uchun bahsda mag'lub bo'layotgandi. Ikki yilda La Liga doirasida u 7 uchrashuvda maydonga tushdi. Hozir bunday holatni tasavvur qilish ham qiyin. Mark-Andre darvozabon uchun hali yosh — 27 yoshda. SHunday ekan u hali yanada kuchayishi mumkin.

2-o'rin. Alisson («Liverpul»; Braziliya)
Mark-Andre ter SHtegenning «Liverpul»dagi tengdoshi o'tgan mavsum ECHLda va Amerika Kubogida g'alaba qozondi (Braziliya termasida u Edersonni zaxiraga o'tqizib qo'ygan). Alisson — ajdodlari germaniyalik bo'lgan Braziliya termasi posbonining o'yinida Janubiy Amerika darvozabonlar maktabidan ko'ra, germaniyaliklarni ko'proq eslatib yuboradi. Jamoa muxlislari "Minole" va "Karius" so'zlarini eshitsa, hamon yuragi yomon bo'ladigan "Enfild"dagi darvozabon muammosini shonchli va hotirjam Alisson hal qila oldi.

1-o'rin. Yan Oblak («Atletiko»; Sloveniya)

Yan Oblak ham 27 yoshda, ammo ter SHtegen va Alissondan farqli o'laroq, u bu yildagi tug'ilgan kunini nishonlab ulgurdi: sloveniyalik 1993 yil tavallud topgan, hamkasblari esa — 1992-yilda. Oblak kuchsiz tomoni yo'q darvozabondek ko'rinadi: chiziqda ham, to'pga chiqishda ham ishonchli harakat qiladi, zarur pallada himoyachilarni boshqara oladi. Eng muhimi u deyarli hech qachon xato qilmaydi. Barcha jihatlarni jamlasak Yan barchani ortda qoldiradi. "Transfermarkt" sloveniyalikni 100 000 000 evroga baholamoqda. Darvozabonlar ichida faqat uning narxi 9 xonali raqamda.

717   
Добавить комментарий
Ваше имя: *