Goal24.uz » Foto lavhalar » Plastik operatsiyaga murojaat qilgan top-7 futbolchi

Plastik operatsiyaga murojaat qilgan top-7 futbolchi

Автор: admin

Bugungi kunda futbolchilar ham shou-biznes vakillari singari o‘z tashqi ko‘rinishlari ustida bosh qotirishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Endilikda ular nafaqat jismoniy holatlari, balki tashqi ko‘rinishlari borasida ham ish olib borishlari shart. Ko‘plab futbolchilarning tashqi ko‘rinishi ideal darajada bo‘lmagani bois, ular plastik operatsiyalarga murojaat etishadi. Bugun plastik xirurg stoliga yotgan eng mashhur 7 futbolchi bilan tanishtirib o‘tamiz.
Ronaldo

“So‘yloq” o‘zining aql bovarmas iqtidori bilan shu kunga qadar muxlislarning tilidan tushmay kelmoqda. Afsuski, qahramonimiz 30 yoshdan o‘tishi bilan unda ortiqcha vazn bilan muammolarpaydo bo‘lishni boshladi. Qahramonimiz vazn tashlashga qiynalgani uchun “Liposaksia”ga murojaat etadi. Bu o‘z foydasini bergan bo‘lsada, fenomen maxsus sport mashg‘ulotlarini o‘tkazmagani uchun unda keyinchalik yana ortiqcha vazn bilan muammolar kelib chiqadi. 2009-yilda qahramonimiz yana bir marta tanasidagi ortiqcha yog‘larni yo‘qotish uchun operatsiya stoliga yotadi. Ma’lumotlarga qaraganda, braziliyalik sobiq futbolchi tanasidagi 700 ml yog‘dan xalos bo‘lgach ham diyetadan foydalanmagan. Bu esa, ortiqcha vazn bilan muammolarning bezovta qilishda davom etgan.
Krishtianu Ronaldu

Ronalduning faoliyatini kuzatib kelayotgan muxlislar uning tashqi ko‘rinishi qay darajada o‘zgarib borayotganini sezgan bo‘lsa, ajab emas. Krishning yuzidagi eng sezilarli o‘zgarishlardan biri uning iyagida kuzatilgan. “Plastik klub” nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, Ronaldu mentoplastikadan foydalanish orqali yuzining past qismini biroz uzaytirgan. Buning uchun implantatadan foydalangan ekan. Bundan tashqari, Ronaldu o‘zining burnining formasini o‘zgartirish maqsadida ikki bor jarrohlik stoliga yotgan.
Ueyn Runi

Runi hech qachon ko‘rkam futbolchilar sirasiga kirmagan. Hatto unga “Shrek” deb murojaat qilguvchilar hali-hamon yetarlicha topilsa, ajab emas. Runi 25 yoshida sochlari keskin to‘kilayotganini tushunib yetgach, darrov soch ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasiga murjaat qiladi.
2 yillik muolajadan so‘ng, Runida soch o‘sishi normal holatga keladi. Futbolchi jurnalistlarning soch mavzudagi savollariga javob berishni xush ko‘rmagani uchun bu ma’lumotni avval uchratmagan bo‘lsangiz, ajab emas.
Maradona

Futbol olami qirollaridan birining xurmacha qiliqlari haqida yaqinda saytimizda qiziqarli maqola e’lon qilingan edi. Uning bugungi ro‘yxatimizga qanday nima sababdan tushib qolganini ham darrov anglagan bo‘lsangiz, ajab emas.
2015-yilda Maradona fillerlar yordamida lablarini kattalashtirishga qaror qiladi. O‘zining kutilmagan qarorini esa, qaylig‘i Rosio Olivening taklifi bilan bog‘liq ekanligini oshkor qiladi.
Sevishganlarning o‘rtasida 30 yosh farq bor ekanligini inobatga olsak, barchasi o‘z-o‘zidan tushunarli...
Rene Igita

Igitani avvallari o‘z vatanida (Kolumbiyada) barcha zamonlardagi eng qo‘rqinchli inson deb ta’riflashar edi. Qahramonimiz futbolchilik faoliyatini yakunlagach, bir nechta plastik operatsiyalarni boshdan o‘tkazdi. Ma’lumotlarga qaragadan Igita 8 bor jarrohlik stoliga yotgan bo‘lib, yakunda o‘z qaroridan mamnun ekanligini ham yashirib o‘tirmagan: “Ilgari meni “qo‘rqinchli Igita” deb ta’riflashgan bo‘lsa, endi yangi “yoqimtoy Igita” bilan tanishing”.
Zlatan Ibrahimovich

Zlatan qanchalar iqtidorli bo‘lmasin, yoshlik chog‘idanoq burni sababli turli hazillarning nishoniga aylanib qolgan edi.
Avvaliga bunga e’tibor qaratmagan futbolchi 2013-yilda barchasini o‘zgartirishga qaror qildi. Ibra qanchalar sir tutishga urunmasin, qiziquvchan ingliz jurnalistlari uning burni plastik operatsiya qilinganini ommaga oshkor qilishdi.
Keyinchalik futbolchining o‘zi ham plastik operatsiyadan foydalanganini tan oldi.
Garet Beyl

Uelslik futbolchi o‘zining katta quloqlari sababli doimo kulguga qolib kelgan ko‘rinadi. U ham xuddi Zlatan singari plastik operatsiya orqali ko‘rinishini o‘zgartirishga qaror qiladi.
Qahramonimiz plastik operatsiya yordamida o‘z quloqlarining ko‘rinishi o‘zgartiradi. Beylning o‘zi plastik xirurg stoliga yotgani borasidagi savollarga ochiqchasiga javob berishdan cho‘chimaydi. Uning aytishicha, buning sira uyatli joyi yo‘q ekan.
483   
Добавить комментарий
Ваше имя: *