Goal24.uz » O'zbekiston » Qurbon Berdiyev o‘ziga ish izlamoqda

Qurbon Berdiyev o‘ziga ish izlamoqda

Автор: admin

Rossiyaning «Rubin» va «Rostov» klublari sobiq bosh murabbiyi Qurbon Berdiyev oraliq tanaffusdan keyin yana murabbiylik faoliyatini davom ettirmoqchiligini ma’lum qildi. Bu haqda «Biznes Online» nashri xabar bermoqda.
«Qurbon Berdiyev murabbiylik faoliyatini qayta boshlamoqchi. U yangi jamoani o‘zi qidirmoqda. Qurbon Bekiyevich yaqinda Moskva va Sankt-Peterburgda bo‘lib, da’vogar klub vakillari bilan muzokara o‘tkazgan, biroq unga aniq taklif bildirilmagan», - deyiladi manbada.
Oldinroq, turkmanistonlik mutaxassis o‘z tashabbusi bilan qad rostlagan «Rubin» klubi akademiyasini boshqarishni istagan edi, biroq ma’lum bo‘lishicha Qozon klubidan bu borada unga taklif tushmagan. Shuningdek, unga «Sochi» klubidan ham qiziqish bo‘lganiga qaramay, klub oxir-oqibat Vladimir Fedotovni bosh murabbiy etib tayinlagan.
«67 yoshli murabbiy hozirda Qozon shahrida istiqomat qilmoqda. Tajribali mutaxassis takliflar uchun ochiq», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Berdiyev qo‘l ostida «Rubin» ikki karra Rossiya chempioniga aylangan bo‘lsa, «Rostov»dagi uch yillik faoliyatida ham kumush medaliga ega chiqqan edi.


173   
Добавить комментарий
Ваше имя: *