Goal24.uz » Yevropa jamoalari » «Messi - iqtidor, Ronaldu - mehnatkash». Matich Lionel va Krishtianuni taqqosladi

«Messi - iqtidor, Ronaldu - mehnatkash». Matich Lionel va Krishtianuni taqqosladi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Nemanya Matich Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni taqqosladi.
«Ular orasidan qaysi biri kuchliroq ekanligini ayta olmasam-da, so‘nggi 15 yil ichida Messi va Ronalduga teng keladigan futbolchi topilgani yo‘q. Ehtimol, aynan ushbu ikki o‘yinchi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardir.
Ularni taqqoslash qiyin. Sababi ikkisi ham ikki xil futbolchi. Ronaldu iqtidorli, ammo u muvaffaqiyatlarga tinimsiz va og‘ir mehnat evaziga erishgan. Messi ko‘p mehnat qilmagan deya olmayman, ammo u ko‘proq tug‘ma iqtidori evaziga bugungi darajasiga yetdi, degan fikrdaman. Bu borada u Ronaldudan iqtidorliroq. Krishtianu esa mehnatkash», - deydi Nemanya Matich Goal.com’ga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 31 yoshli serbiyalik yarimhimoyachi «Manchester Yunayted» safida jami 109 o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qilgan.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *