Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Edegor «Real»ga qaytmoqchi emas

Edegor «Real»ga qaytmoqchi emas

Автор: admin

«Real Sosedad»da ijarada o‘ynayotgan, aslida «Real»ga tegishli bo‘lgan yarimhimoyachi Martin Edegor mavsum yakunlangach, Madrid klubiga qaytishni xohlamayapti.
Norvegiyalik futbolchining ijara shartnomasi 2021 yil yozigacha mo‘ljallangan. Martin «Sosedad»dagi faoliyatidan qoniqmoqda. Ammo «Real» ijara bitimini bekor qilib, uni jamoaga qaytarmoqchi.
Edegor «Real»ga qaytsa, kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdan xavotirlanmoqda. 
Ma’lumot uchun, 21 yoshli yarimhimoyachi bu mavsumda La Ligada 23ta o‘yin o‘tkazib, 4ta gol urdi.



86   
Добавить комментарий
Ваше имя: *