Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Harbiy qamoqdan "Manchester Siti"dagi yulduzlikka qadar

Harbiy qamoqdan "Manchester Siti"dagi yulduzlikka qadar

Автор: admin

U Premer-ligaga kelishi bilanoq, katta shturm uyushtirdi. Ammo "Manchester Siti"ga qadar u katta qiyinchiliklarni engib o'tdi. Xo'sh, qay tariqa harbiy qamoqda futbol o'ynab yurgan bolakay Braziliya termasi yulduziga aylandi?
"Manchester Yunayted"da o'ynagan Kleberson yodingizdami? Jahon chempioni bo'lgan futbolchi tufayli MYU muxlislari Xuan Sebastyan Veronni tezda unutib yuborishlari kutilgandi. "Arsenal"da unchalik o'zini ko'rsata olmagan Edu haqida nima deya olasiz?
APLda o'zinik ko'rsata olmagan bu ikki braziliyalik futbolchi shunchaki namuna holos. Filippe Koutino, Villian, Fernandino, David Luiz, Roberto Firmino va Robino - ular APLda o'z izini qoldira oldi. Undan tashqari, ushbu 6 futbolchining o'zaro bog'liqlik tomoni bor. Ular Evropaning boshqa mamlakatlarida o'ynab, keyinchalik Angliyaga kelishdi. 
Gabriel Jezus esa yuqoridagi futbolchilarning ro'yxatiga kiritilmaydi, u Braziliyadan to'g'ri Angliyaga keldi. Lekin Kleberson va Jezusning tarixi ikki xil ko'rinish oldi. Masalan, birinchi nomni birdaniga asosiy tarkibda ko'rgan bo'lsak, ikkinchisi dunyo futbolining eng yaxshi hujum chizig'iga ega bo'lgan "Manchester Siti"ning zaxira o'rindig'ida o'tirishiga to'g'ri keldi.
APLga ko'nikishi uchun Jezusga kam vaqt taqdim qilindi.
"Gabriel Angliyaga kelmaganida biz bu erda bo'lmasdik", - dedi "Uotford" futbolchisi Risharlisonning agenti Renato Velasko. "U Braziliyadan kelgan futbolchi ligada yaxshi o'ynab keta olishini APL klublariga isbotladi".
Risharlison ham o'z o'rnini topib bormoqda, uning kamtarligi va tarbiyali ekanligi ham muvaffaqiyatning bir bo'lagi sifatida xizmat qilmoqda. Jezusning sayohati esa uni tezda keyingi bosqichga olib chiqdi, biroq qayd etish kerak, uning debyuti anchagina og'ir bo'ldi.
Keling, tarixni bir boshidan boshlaymiz. Bo'lajak yulduz o'zi tug'ilgan "Jardim Peri" tumanida futbol o'ynashni boshlagan. Uning ilk o'yinlari esa San-Pauludagi harbiy qamoqxonalarda o'tgan. CHunki faqatgina o'sha erda chiroyliroq futbollar bo'lardi. Maydon loy, qum bo'lsa ham, noprofessional mahalliy yoshlar jamoasi uchun yagona joy edi.
Keyinchalik shunday bir bosqich bo'ldiki, bu uning yulduz bo'lishi uchun katta qadam bo'lib xizmat qildi. Anxanxuera - San-Pauluning shimoliy qismida ham amalga oshirilgan ijtimoiy loyiha 13dan 16 yoshgacha bo'lgan bolalarga Varzea ligasida (havaskor futbolning brazilcha talqini yoki yakshanba kuni bo'ladigan liga) o'zini ko'rsatishni va ana shunday qum va loy bo'lgan stadionlardan voz kechishni taklif qiladi.

Bu o'sha Jezus futbol o'ynab yurgan stadion
"Anxanxuera - futbol klublariga "qon beradigan donor", 1928 yili tashkil topgan va juda ko'plab ananalarga ega", - dedi "Sky Sports" direktori Fabio Karan. "Liga men, otamning pullari evaziga homiylashtiriladi, yaxshi jihozlar, shart-sharoitlar va agentlar bilan taminlanadi".
"Yangi futbolchilar topish uchun qo'limga qog'oz olib, uni maktablarga ilib chiqqanman, o'zim tug'ilgan San-Pauludagi gazeta shahobchalariga ko'p bora qatnaganman".
"Albatta, yangi futbolchilarning barchasi ham professionalga aylana olmaydi. SHunchaki ular Braziliya ko'chalarida to'p tepishini, jarohatlar olishini istamaymiz va klubda mashg'ulotlar o'tkazishini talab qilamiz. Gabriel bizning shoumizning asosiy yulduzi bo'la oldi. U ilk kelgan kunidayoq bizda yulduz porlayotganini bilgandik".
"Ha, Jezusning ham o'ziga hos kamchiliklari bor edi. Barcha yosh futbolchilar singari u umrini ko'chada do'stlari bilan futbol o'ynash orqali o'tkazgan, ammo uning imkoniyatlari va ustunliklari bizni hayratga solgandi".

Gabrielning havaskor klubdagi kartochkalari
"Hozirgi paytda menda Jezus kabi yana bir futbolchi bor", - deb qo'shib qo'yadi Karan. "Gabriel doimo mashg'ulot qilishni yoqtirardi. U do'stlaridan ko'ra ko'proq harakat qilardi. Otam loyihamizning murabbiyi bo'lgan va taxminan bir yil davomida uning kamchilik joyi bo'lgan chap oyog'ida ko'proq ishlatardi".
"U [Jezus] bizni doimo eshitardi, maslahatlar va buyruqlarimizga amal qilardi. Futbolchining chanqoqligi va mashg'ulotga tayyorligi, rivojlanishi kabi hislatlar Jezusda doimo yuqori bo'lgan. Mana nima uchun u yuqori darajaga chiqib oldi. Gabrielni shug'ullantirish jonimga ham tegib ketgandi! SHuningdek, ayni damda "Palmeyras" posboni Vagnerni ham mashg'ulot qildirgim kelmasdi. Ular hamma narsani bilishardi. Bu kamdan kam bo'ladigan holat. Endi qarang, ular qaerda o'ynashyapti"

Karanning fikriga ko'ra, Gabrielning tajribasi o'zini boshqarishda va tezkor qaror qabul qilishda asosiy rol o'ynamoqda. Jezusning onasi ham Manchesterda yashaydi va 20 yoshli o'g'lining ishlarini boshqaradi. O'g'li esa onasiga atab o'z tanasiga 2ta tatuirovka chizdirgan.
"Gabrielning oilasi fantastik", - dedi Karan. "Juda ahil va doimo yordamga tayyor. Vera ona (futbolchining onasi) 4 farzandni tarbiyalagan va bir yo'la 3ta ishda ishlab boqqan"
Qo'llab-quvvatlov natijasida Jezus o'z iqtidorini barchaga ko'rsata oldi. Ko'p o'tmay "Palmeyras" klubi 15 yoshli futbolchi bilan uchrashdi.
"Uni oldimga olib kelishganida 2012 yilinng avgust oylarida U-15 jamoasi tarkibida sinov-nazorat o'yinida maydonga tushirdik. U boshqalardan ajralib turardi", - dedi "Palmeyras"ning yoshlar jamoasi murabbiyi Bruno Petri "Sky Sports" nashriga. "Ushbu o'yindan keyin biz uni rasman klubga taklif qildik. U yoshi tufayli chempionatda o'ynay olmasdi, shu boisdan Jezusni 14 yoshlilar jamoasiga qo'shib qo'ydik".

Jezus Braziliya chempionati g'olibligi uchun berilgan sovrinni ko'tarib turibdi.
"U Verzeada o'ynay boshladi. SHu boisdan uning bo'ynida hech qanday majburiyatlar yo'q edi. O'zidan kattalar bilan o'ynagani uchun futbolning har bir detalidan zavq olardi".
"2014 yilda u butun bir Paulista (shtatning 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilari chempionati)da shuhratga erishdi. Uni ko'plab klublar sotib olishni istadi. Biroq Fabio uni qolishga va rekordlarni urib berishiga ko'ndirdi".
Birinchi yildayoq 28 o'yinda 37 gol urilgani futbolchida noodatiy iqtidor borligini anglatardi. Braziliyaliklar o'zlarining 9-raqamli Ronaldosini yoqtirishardi. Oradan shuncha vaqt o'tganidan keyin esa Jezus barchaga umid bera boshladi.
"Men va rafiqam u bilan gaplashib o'tirganimizda braziliyaliklarning 9-raqamli kumiri bo'lishga tayyorligini so'ragandik. O'shanda uning "ha" deyishini kutgandik. U shunday dedi. Uning ko'zlarida xazilni ko'rmadik. Barcha jiddiy qiyofada edi"
Rekordlar urish uchun yarim yo'lga kelganida "San-Paulu"dan odamlar keldi va Jezusga katta pul hamda asosiy tarkibni vada qilishdi. Bu esa uning boshini aylantirib yubordi.
"U shunchaki gol urishni to'xtatdi", - dedi Petri. "U hech nima qilmasdi va ketishni o'ylardi. Albatta, ularning taklifi ajoyib bo'lgandi".
"Uni maxsus mutaxassisga, miyasini joyiga keltiruvchi ruxshunosning oldiga jo'natishimiz kerak bo'lib qoldi. U o'ziga o'xshamay qolgandi. Keyinchalik u hali barchasi oldinda ekanligi va vaqt kerakligini tushundi. Bunga esa deyarli bir mavsum ketdi!"
Muxlislar uning o'yinlarini ko'rib aqldan oza boshladi. 17 yoshgacha jamoadagi harakatlar, gollar... Barcha uning har bir harakatini jimgina kuzatib o'tirishardi. SHu tariqa u yoshlar jamoasiga o'tganidan keyin bir yildayoq shartnoma taqdim qilinishiga olib keldi.

Jezus tezda "Palmeyras"ning asosiy figurasiga aylandi
"2014 yilning dekabrida ko'plab klublar Gabrielni sotib olishni istashdi. Biz esa uning "Palmeyras"da qolishini va ketmasligini xohladik", - dedi o'z vaqtida futbolchining agenti bo'lgan Karan. "Men ushbu futbolchi keyingi Olimpiada o'yinlarida o'ynashiga ishonardim".
"Klublar mening ajoyib ekanligimni aytishardi va miyamni chalg'itishardi. Har kuni WhatsApp akkauntimga ko'plab so'rovlar kelib tushardi"
"Palmeyras" muxlislari jamoa quyi ligaga tushib ketishi mumkin bo'lib turgan paytda Jezusni asosiy tarkibga kiritilishini talab qilishdi. Bu esa amalga oshirildi ham.
Uning o'smirlik faoliyatidagi ilk o'yini ko'p kutilmadi... Jezus ilk mavsumida 4ta gol urdi va eng yaxshi yangi futbolchi bo'ldi, keyinchalik "Palmeyras"ga 1994 yildan keyingi eng yaxshi natijani qayd etishida katta yordam berdi. SHu orqali u mavsumning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.
Keyin esa Olimpiada, futbol tarixidagi ilk oltin medal qo'lga kiritildi. Endi esa hech kim Jezus futbol olamidagi yulduzga aylana olishiga shubxa qilmay qo'ydi.
"Manchester Siti"ning skautlaridan biri bo'lgan Kadu Gabrielni yaxshi tanirdi, u futbolchiga "Adidas" homiy bo'lishiga ko'ndirgandi (Kadu "Adidas"ning direktorlaridan biri edi), menimcha aynan u Jezusning klubga o'tishida katta turtki bo'lib turgan", - deydi Karan.

Jezusning dastlabki mavsumi ideal tarzda o'tdi
Oradan bir yil o'tib, Jezus APL futbolchisiga aylandi. Serxio Agueroning jarohati esa Jezusni asosiy tarkibga kiritib yubordi. O'tgan mavsumni u fantastik natijalar bilan yakunladi, yaxshi o'ynaganidan Aguero ayrim o'yinlarda zaxirada qolib ketdi ham.
Ushbu mavsumda vaziyat o'zgardi. Endi u Aguero bilan tandem hosil qilgan. Jezus 10ta golni urib bo'ldi. Braziliya chempionatida ko'p ham o'ynamagan futbolchi uchun natija ajoyib, biroq Petri shunday bo'lishini kutgandi.
"Hattoki mashg'ulotlarda ham u Kubok o'yiniga tushgandek qatnashardi", - dedi Petri. "U tezda Braziliyaning 20 yoshgacha bo'lgan termasida o'ynadi va yuqori natijalar qayd etdi. Bu esa uni o'zgartirmadi".
"Uning yonidagisi onasi, demak bolakay ishonchli qo'llarda. U Neymar emas, u ziyofatchi emas, unga tungi hayot yoqmaydi. Uning narkotiki - gollar urish"

Braziliya termasining hujum triosi
Qanday qilib u 20 yoshiga qadar shuncha shon-shuhratga erisha oldi? Qanday qilib u dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biriga aylandi? Qanday qilib bittada APLda o'z o'rnini topib oldi?
Karanning aytishiga ko'ra, bu uning o'z kasbiga bo'lgan munosabati, oilasidagi barqarorlik va xarakteriga bog'liq.
"Gabriel dam olish uchun Braziliyaga kelganida biz bilan mashg'ulot qiladi. Barcha yoshlar unga o'xshashini istayman. Uning hayoti zo'r, g'alabalarni o'ylaydi. Siz ham buni istasangiz, ko'p mashq qiling. Jezus o'zidan katta sportchi chiqara oldimi, demak siz ham buni uddalaysiz. Jezus qiyin yo'ldan chiqib ketdi, demak uning yo'nalishi to'g'ri berilgan ekan".
"Sky Sports" malumotlaridan foydalanildi.
2017 yil 12 noyabr
363   
Добавить комментарий
Ваше имя: *