Goal24.uz » Jahon » Dunyoning eng yaxshi 10ta o'ng qanot himoyachisi

Dunyoning eng yaxshi 10ta o'ng qanot himoyachisi

Автор: admin

Bir qarashda himoya qanotida istalgan futbolchi o'ynab ketaveradigandek - sog'ligi va biroz ishtiyoq bo'lsa bas. Ammo jahon futbolida barchasi butkul boshqacha va katta klublar anchadan buyon ham himoyalanishga, ham hujumda yordam berishga ulguradigan yigitlarga "ov uyushtirishadi". Tezkor, mohir va chaqqon futbolchilar — bizning "TOP-10"da!

10-o'rin. Djovanni Di Lorenco («Napoli»; Italiya)
Kuchli o'ntalikni ko'proq markaziy himoyachini yodga soladigan Toma Mene yoki Rossiya termasi himoyachisi Fernandes ochib berishi mumkin edi. Biroq belgiyalik bu mavsum u qadar yorqin o'yin ko'rsata olmayapti, "zato" safga qaytib yaxshi sport formasiga kirib olayotgan hamyurti Azarni shifoxonaga jo'natib yubordi. Mario esa oxirgi mundialda ajoyib harakat qilib, Evropaning ko'plab klublari qiziqishiga sabab bo'lgan bo'lsada, RPL qoldi va CSKA bilan Evropa Ligasi guruh bosqichidan ham chiqa olmadi. Di Lorenco esa "Empoli"dan "Napoli"ga o'tgach, o'ng qanotni to'liqligicha o'ziniki qila oldi, Italiya terma jamoasida debyut o'yinini o'tkazdi va mish-mishlarga qaraganda "Manchester Yunayted" skautlarini o'ziga qarata oldi. Ha, Italiyada himoyachi o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi, lekin tarkibida Van Bissaka bor MYUga Di Lorenso qanchalik kerak degan savolga hech kim aniq bir javob bera olmasa kerak.

9-o'rin. Serxi Roberto ("Barselona"; Ispaniya)
Serxi ko'rinmas qaxramonlar sirasidan, katta klublarning bu kabi soyada qolib ketadigan tarbiyalanuvchilarini jahon futboli ko'p ko'rgan. Lekin oradan hech qancha vaqt o'tmay, yaqindagina akademiyadan chiqqan iqtidor sohibi 28 yoshga kirgan bo'ladi. U o'n yildan buyon "Barselona" tarkibida va uch yuzga yaqin bellashuvda maydonga tushdi. Robertoning PSJ darvozasiga urilgan goli esa — ajoyib, lekin tarixda qoldi. Serxi aniq bir uslubi yo'q futbolchidek ko'rinishi mumkin, lekin bu ko'proq uning universalligidan bo'lsa kerak. Vaholanki u mahoratli va masuliyatli o'yinchi. Va bu borada jamoadoshi Semedudan ustunroq turadi.

8-o'rin. Kiran Tripper ("Atletiko"; Angliya)
O'tgan yoz "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi faoliyatidagi dadil qadamlardan birini tashladi: "Tottenxem"dan Madridning "Atletiko"siga borib qo'shildi. Kiran Diego Simeonening o'ziga xos ruhiyatga ega jamoasiga tezda moslashib keta oldi. Natijada, xorvatiyalik Vrsalko o'rindiqqa "mixlandi". Angliyalik sportchi himoyada ishonchli o'yin ko'rsatish bilan birga, "Atletiko"da bu eng muhimi, hujumda ham o'zini ko'rsatishga ulgurmoqda va qisqa vaqt ichida bir nechta golli uzatma etkazib berishga muvaffaq bo'ldi.

7-o'rin. Kayl Uoker ("Manchester Siti"; Angliya)
Qanday vaziyat bo'lsa ham, yaqin yillar ichida Angliya termasi uchun o'ng qanot himoyachisi muammosi bo'lmasligi aniq. Uoker — bu ro'yxatda to'rttaning ikkinchisi. Xosep Gvardiola abjir, jismonan baquvvat shogirdiga to'liq ishonadi va u oxirgi besh mavsum davomida top-darajadan tushib ketganicha yo'q. Kayl ortda qolayotgan vaziyatda ham hujumchiga etib olishi, hujumda yordam berishi ("Siti" safida 130ta o'yinda 3 gol + 12 "assist"), mabodo kerak bo'lib qolsa, darvozaga ham turib berishi mumkin. Maydondan tashqaridagi hunuk ishlariga qaramay, Kayl o'z ishining ustasi va jahonda eng yaxshilardan biri. 

6-o'rin. Benjamen Pavar ("Bavariya"; Franciya)

"Bavariya"dan bu ro'yxatda boshqa bir  vakil Yozua Kimmix bo'lishi ham mumkin edi. Lekin germaniyalik futbolchi tayanch yarim himoyachi nuqtasida to'xtagandek, shu sabab uni boshqa ro'yxatdan qidirishingiz mumkin. Myunxenliklar o'ng qanotida esa Jahon chempioni Pavar harakat qiladi. Benjamen "Bavariya" bilan masalan CHempionlar Ligasida zafar quchsa, yanada yuqoriroq o'ringa ko'tarilish imkoniyati bor.

5-o'rin. Rikardu Pereyra ("Lester"; Portugaliya)
"Lester" bundan ikki yil avval deyarli hech kim tanimaydigan portugaliyalik yigit uchun 22 million evro to'lab, ko'pchilikni xayron qoldirgandi. Biroq bugungi kunga kelib Rikarduning narxi uch barobar qimmatroq! Pereyra Brendan Rojers jamoasining almashtirilmaydigan, muhim futbolchilaridan biri: APLning 28 uchrashuvida portugaliyalik 3ta gol urdi va  i 2 bor sheriklariga samarali uzatmani amalga oshirdi. Top-klublar yaqin vaqtlar ichida 26 yoshli himoyachini "ilib ketishsa" ajabmas.
 
4-o'rin. Aaron Van-Bissaka ("Manchester Yunayted"; Angliya)
Ro'yxatimizdagi yana bir ingliz. Aytishlariga qaraganda, Van-Bissakani birga-bir vaziyatda aldab ketishning iloji yo'q emish. Ammo Van-Bissakaning bu qadar yuqori o'rindan joy olishi 22 yoshli futbolchining top-klubda debyut mavsumini o'tkazayotgani bilan bog'liqdek. Axir Aaron o'yinida pasayish yoki qandaydir yo'qotishlarsiz "Kristal Pelas" asosiy tarkibidan "qizil iblislar" asosiy tarkibiga o'ta oldi. "Manchester Yunayted" qanchalik omadsiz davrlarni boshidan o'tkazmasin, juda "Kristal Pelas" darajasiga tushib qolmasa kerak. Opta malumotlariga ko'ra, Van-Bissaka yakkama-yakka kurashlarda Evropaning eng yaxshi ko'rsatkichiga ega — 84.6%. Himoyachi uchun to'langan 55 million evro bekor ketmagandek.

3-o'rin. Ashraf Xakimi ("Borussiya Dortmund", "Real"; Marokash)

Xakimi endigina 21 yoshda ekanligini hisobga olsak, u bosib o'tgan yo'l - fantastikadek tuyuladi. Marokashlik sportchi "Real"da to'p tepib ulgurdi, Jahon CHempionatida ham ishtirok etdi, Germaniyada ham eng yaxshilardan biri bo'lishga ulgurdi. "Real Madrid" Ashrafni ijaraga berganidan xabaringiz bor albatta. Xakimi "Borussiya" safida 10 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma etkazib berdi. Uning transfer narxi esa 5 milliondan 60 million evroga ko'tarilib ketdi. Xakimi — o'z ampluasida eng yorqin futbolchilardan biri va u eng kuchlisi bo'lish imkoniyatiga ega. Buning uchun unda vaqt etarli. Faqat "Real"da tajribali hamkasbi bilan bo'lishi kutilayotgan raqobatda ustun kelib, jamoaning yangi g'alabalariga munosib hissa qo'sha olsa bas. 

2-o'rin. Dani Karvaxal ("Real"; Ispaniya)

Har qanday holatda ham Karvaxalga mensimay qaramang. O'zining stabilligi, ishonchli o'yini va matonati evaziga Dani istalgan raqibini "g'ajib tashlay" oladi. Buni Danilodan so'rab ko'ring, u so'zlarimizni tasdiqlashi mumkin. Ashraf kabi Karvaxal ham Bundesligada tajriba oshirib qaytdi va o'nadan buyon "Madrid" o'ng qanoti bo'yicha savol qoldirmadi. Oradan etti yil o'tdi: 4 brr ECHL bosh sovrinini boshi uzra ko'tarishga muvaffaq bo'ldi, kurshauvchan, maydonda o'zini ham, raqibini ham ayamaydi va muntazam ravishda golli uzatmalar berib turadi ("qaymoqrang" futbolkada 45 ta).

1-o'rinda. Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"; Angliya)
Samarali harakatlar borasida bugungi kunda Trentga teng keladigani bo'lmasa kerak: "Liverpul" safida 125 ta o'yinda 6ta gol va 34 "assist". Aleksander-Arnoldning faolligi va uning ijrosidagi jarima zarbalari "qizillar"ga ECHL bosh sovrinini qo'lga kiritishda juda as qotdi. Aynan Trent "Enfild"da "Barselona" himoyasi "uxlab qolganini" sezib qolgandi. Bazan yosh futbolchiga himoyalanishi borasida savollar paydo bo'ladi, ammo Arnold hujumdagi samarali harakatlari va pressingdagi faolligi bilan "yopib" ketmoqda.

255   
Добавить комментарий
Ваше имя: *