Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya grandi Rossiya Premer-ligasi to‘purariga qiziqmoqda

A Seriya grandi Rossiya Premer-ligasi to‘purariga qiziqmoqda

Автор: admin

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi hujumchisi Artyom Dzyuba keyingi faoliyatini Italiya A Seriyasida o‘tkazishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, Rossiya milliy jamoasi forvardiga Italiya A Seriyasi peshqadamlaridan biri bo‘lib turgan Rimning «Latsio» klubi qiziqish bildirmoqda. Italiya jamoasi rossiyalik hujumchini yozgi transfer oynasida o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda.
Oldinroq, «Latsio» Aleksandr Kokorin va eronlik hujumchi Sardor Ozmunga ham qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Dzyuba 13ta gol bilan Rossiya Premer-ligasi to‘purari bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda 11ta gol bilan «Rostov»ning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov joy olgan.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *