Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Kante «Barsa» yoki «Real»ga o‘tmoqchi emas

Kante «Barsa» yoki «Real»ga o‘tmoqchi emas

Автор: admin

Londonning «Chelsi» klubi o‘z yarimhimoyachisi Ngolo Kante bilan xayrlashishga qarshi bo‘lmasa-da, futbolchi boshqa fikrda.
Goal nashrining yozishicha, London klubi uni transferga qo‘yishga tayyorligini ma’lum qilgach, Ispaniyaning «Barselona» va «Real», Italiyaning «Inter» klublari fransiyalik 29 yoshli yarimhimoyachiga qiziqish bildirishdi. Biroq shunga qaramay, Kante «Chelsi» safini tark etishni istamayapti. Ngoloning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi tugashiga yana uch yil bor.
Ma’lumot uchun, Kante joriy mavsumda qator jarohatlarga qaramay, Lempard qo‘l ostida 20 o‘yinda maydonga tushdi.
101   
Добавить комментарий
Ваше имя: *