Goal24.uz » Jahon » Osiyoning eng qimmat futbolchilari.Top-5

Osiyoning eng qimmat futbolchilari.Top-5

Автор: admin

5. Takefusa Kubo — 15 mln yevro

Kubo endigina 18 yoshga to‘lganiga qaramay, dunyoning ikki super grandlari – “Barselona” va “Real Madrid”safida to‘p surishga ulgurdi. “Kunchiqar yurt”da “yangi Messi” deb ataluvchi futbolchi 10 yoshidayoq “Barselona” akademiyasiga qabul qilingan bo‘lib, 4 yil davomida “La Masiya”da tarbiyalandi. Aslida Katoliniya klubi Kuboni qo‘yib yubormoqchi emas edi, biroq FIFAning voyaga yetmagan futbolchilar borasida taqiqlari sababli Kubo yurtiga qaytib ketdi va “Tokio” jamoasi sharafini himoya qila boshladi.
Qahramonimiz 18 yoshga to‘lganida, “Real Madrid” u bilan uzoq muddat professional shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda, “qirollik klubi” yaponiyalik iqtidorni "Malyorka”ga ijaraga berib yubordi. Qizig‘i shundaki, bugungi kunda aynan Kubo klubdagi eng sermahsul futbolchi bo‘lib turibdi.
4. Serdar Azmun — 18 mln yevro

Ushbu ro‘yxatning 4-pog‘onasidan Serdar Azmun egallamoqda. Eronlik forvard 17 yoshidayoq Vatanini tark etib “Rubin” klubiga o‘tadi. Avvaliga ikkinchi jamoada to‘p surib yurgan Serdar qisqa fursatda “Zenit” darajasigacha ko‘tarildi.
Bugungi kunda “Napoli” nishonida turgan futbolchi transfermarkt portalida 18 million yevroga baholangan bo‘lsa-da, “Zenit” uni 30 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligi aniq.
3. Li Kan In  20 mln yevro

Janubiy Koreyalik futbolchi 2011-yilda Ispaniyaga ko‘chib kelgach, “Valensiya” klubi akademiyasida futbol saboqlarini o‘rgana boshladi. Ispaniya klubining turli yoshdagi jamoalarida to‘p surgach, 17 yoshida asosiy jamoada debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Shu yo‘sinda, qahramonimiz La Ligada to‘p surgan eng yosh chet ellik futbolchi sifatida tarixga kirdi.
Bugungi kunda Li Kan In “Valensiya”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylanib turibdi. Transfermarkt nashri bergan xabarlarga ko‘ra, uning qiymati tez orada yana ko‘tarilishi mumkin.
2. Shoya Nakajima 21 mln yevro

Shoya ham Kubo singari yaponiyalik bo‘lishiga qaramay, u Yevropaga faqat 3 yil avvalgina ko‘chib kelgan? xolos. Shunga qaramay, uning futbolchilik faoliyatida keskin ko‘tarilish kuzatilmoqda.
"Portimonense" safida Yevropda debyut qilgan furbolchi,qisqa muddat Qatarda yulduzlar ligasida ko‘rinish berdi va yana Portugaliyaga qaytdi. Avvalgidek "Portimonense”ga emas, “Portu” klubiga o‘tgach, uning yangi qirralari ochila boshladi.
Bugungi kunda “Ajdarlar”ning asosiy tarkib futbolchisiga aylangan Nakajima bilan “Everton” va “Arsenal” klublari qiziqib qolgani ham bejiz emas.
1. Son Xyong Min — 80 mln yevro

Birinchi o‘rinni so‘zsiz “Tottenxem” klubi hujumchisi Son XyongMin eggalamoqda. So‘nggi 3 mavsum davomida o‘z transfer qiymatini bir necha bor oshirib olishga muvaffaq bo‘ldi. Ayniqsa, uning YECHL finaliga qadar bosib o‘tgan yo‘li bunga katta turtki bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayni damda u APLdagi eng tezkor hujumchilardan biri sanaladi. Manba bergan xabarlarga qaraganda, agar Son yana ikkita yuqori saviyadagi mavsumni o‘tkazsa, u narxi 100 millionga yetgan birinchi osiyolik futbolchi bo‘lishi mumkin.

352   
Добавить комментарий
Ваше имя: *