Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Bavariya” “Barselona”ga rad javobini berdi
 
Myunhenning “Bavariya” klubi Kingsli Komanni “Barselona”ga sotishdan bosh tortdi.
Bu haqida taniqli “Bild” nashri ma’lum qilmoqda. Manba bergan xabarlarga qaraganda, Kataloniya klubi Lautaroni qo‘lga kiritishni uddalay olmasa, uning alternativ variyanti sifatida Komanni tanlagan edi.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Bavariya” fransiyalik futbolchining intizomsizligi va jarohatga moyilligiga qaramay hech kimga sotmaslikka qaror qilgan.
Pikega o‘rinbosar izlanmoqda
 
“Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Jeraj Pikening o‘rnini bosishga qodir futbolchi izlashni boshladi”,-deb xabar bermoqda “LeGazzetaDellaSport” nashri.
Manbada yozilishicha, ispan klubi nishonida “Latsio” markaziy himoyachisi Luis Filepe turibdi. Kataloniya klubi braziliyalik himoyachini qo‘lga kiritish uchn Rim klubiga 30 million yevro to‘lashga tayyor.
Rim jamoasi o‘z himoyachisini 40 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Voqeyalar rivojini kuzatishda davom etamiz.
“Inter” Lautaroni kim bilan almashtirmoqchi?
 
Milanning “Inter” klubi jamoani yozda Lautaro Martines tark etsa, uni o‘rnini “Manchester Yunayted” futbolchisi bilan to‘ldirmoqchi.
“LeGazzetaDellaSport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, jamoa nishonida Antoni Marsiyal turibdi. Shunday bo‘lsada, fransiyalik hujumchini qo‘lga kiritish oson bo‘lmasligi aniq.
“Manchester Yunayted” hujumchini qo‘yib yubormoqchi emas, biroq “Inter” Lautaroni sotsa, katta summa evaziga bo‘lsada hujumchini Milanga ko‘chirib olib kelishi mumkin.
“Arsenal” futbolchisidan qutilmoqchi
 
Angliyaning “Arsenal” jamoasi o‘z futbolchisi Sokratis Papastatopulusni sotib yuborishga qaror qildi.
“Le Gazzeta Della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, gretsiyalik himoyachining hizmatlari bilan Rimning “Roma” klubi jiddiy qiziqib qolgan. Shuningdek, “Jenoa” va “Milan” ham “to‘pchilar” himoyachini qo‘lga kiritmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Sokratisning “Arsenal” bilan tuzgan shartnomasi 2021-yilda o‘z yakuniga yetadi?
“Liverpul” Brozovich bilan aloqaga chiqdi
 
Taniqli “Daily Exspress” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Liverpul” jamoasi “Inter” yarim himoyachisi Marselo Brozovichni transfer huqiqini qo‘lga kiritmoqchi.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Liverpul” Brozovichni yozda klubni tark etishi mumkin bo‘lgan Jeyms Milnerni o‘rnini to‘ldirishini rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, xorvatiyalik futbolchisi “A Seriya”ning 23 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 3 ta gol va 5 ta assistni amalga oshirdi.

121   

Shuningdek tavsiya qiling

12-04-2020, 07:56

Transfer olamidagi yangiliklar

10-04-2020, 06:14

Transfer olamidagi yangiliklar

18-12-2019, 21:07

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *