Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Arsenal» futbolchilari karantinda psixolog bilan muloqot qilmoqda

«Arsenal» futbolchilari karantinda psixolog bilan muloqot qilmoqda

Автор: admin

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantinda futbolchilar psixolog bilan muloqot qilishayotganini aytdi.
«Bizda psixolog bor, u futbolchilarni kuzatib, muloqot qilib boryapti. Shuningdek, bizga ko‘plab odamlar dalda berib, xabar va videolarni jo‘natmoqda. Ularni futbolchilarga yetkazib turibmiz.
Biz futbolchilar bilan yaxshi muloqot qilyapmiz. Bu vaqt menga ularni yaxshiroq o‘rganish imkoniyatini berdi. Biz munosabatlarni yaxshilab, o‘zaro tushunmovchiliklarga barham bermoqchimiz», – dedi Arteta.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, Buyuk Britaniyada koronavirus yuqtirib olganlar soni 115 mingdan oshgan, ulardan 16 mingga yaqini vafot etgan.


82   
Добавить комментарий
Ваше имя: *