Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Manchester Yunayted» yirik transferlardan voz kechmoqda

«Manchester Yunayted» yirik transferlardan voz kechmoqda

Автор: admin

«Manchester Yunayted» yozgi transfer paytida xarid qilishni mo‘ljallagan futbolchilarni aniqlab oldi.

"Sky Sports" tarqatgan xabarga ko‘ra, klub «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn va «Real» yarim himoyachisi Xames Rodrigesni sotib olish g‘oyasidan voz kechdi. Angliya forvardning narxi mankunianliklarga qimmatlik qilgan bo‘lsa, kolumbiyalik o‘yinchining kelajagiga "MYU" shubha bilan qaramoqda. Undan ko‘ra jamoa «Aston Villa» yarim himoyachisi Jek Grilishga pul tikmoqchi.

Bundan tashqari, «Yunayted» Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sanchoga qiziqishda davom ettirmoqda. Ammo, germaniyaliklar o‘z futbolchisi uchun katta miqdorda pul talab qilishsa, "MYU" Sanchoning transferidan voz kechishi mumkin.

«Yunayted» yana bir maqsadi «Birmingem»ning 16 yoshli a’zosi Jud Belling bo‘lib turibdi. Uning transferi klubga 30 million funtga tushishi mumkin.
Manba: bombardir.ru

71   
Добавить комментарий
Ваше имя: *