Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

“Yuventus”ga ganalik kerak

Turinning “Yuventus” jamoasi yozda “Peskara” yarim himoyachisi Amadu Diabo bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
“FootbalItalia” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Turin klubi 19 yoshli futbolchini sotib olishi bilan “A Seriya”ning birorta jamoasiga o‘yin amaliyotga ega bo‘lishi uchun ijaraga berishni reja qilmoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, Ganalik futbolchining hizmatlari bilan “Roma” va “Jenoa” jamoalari ham qiziqib qolgan.
“Barselona” argentinalik futbolchiga da’vogar
 
Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yozda “Ayaks” qanot himoyachisi Nikolas Talyafikoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin.
Bu haqida “Mundo Deportivo” nashri ma’lum qilgan. “Barselona” klubi Junior Firponing o‘yinidan ko‘ngli to‘lmagani bois, uning o‘rnini argentinalik fulbek orqali to‘ldirishni reja qilmoqda. Shu sababli, Firpo yozda transferga qo‘yaladigan bo‘ldi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, “Ayaks” o‘z himoyachisini 30-35 million atrofida baholamoqda. Bunday narx “Barselona”ni to‘liq qanoatlantiradi.
Keyn va “Manchester Yunayted”
 
“Tottenhem” jamoasi markaziy hujumchi Harri Keyn yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tmaydigan bo‘ldi. Bunga sabab “qizil iblislar”ning koronavirus sababli muoliyaviy muammolarga duchor bo‘lgani bo‘ldi.
“The Sun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Tottenhem” o‘z hujumchisini jamoada saqlab qolish uchun 150 million yevro talab qilmoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, endilikda futbolchi uchun kurashda faqat “Real Madrid” jamoasi mutloq da’vogar bo‘ldi.
Tayson qayerga yo‘l oladi?
 
“Colarodo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, Ukrainaning “Shaxtyor” jamoasi sardori va yetakchisi Tayson yozda o‘z klubini o‘zgartiradi.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, futbolchi yozda Braziliyaning “Internasional” jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchi Donestk klubiga o‘zini qo‘yib yuborishini so‘ragan, biroq “konchilar” hujumchini sotib yuborishdan bosh tortgan edi.

248   

Shuningdek tavsiya qiling

12-04-2020, 07:56

Transfer olamidagi yangiliklar

11-04-2020, 07:23

Transfer olamidagi yangiliklar

30-03-2020, 08:13

Transfer olamidagi yangiliklar

Добавить комментарий
Ваше имя: *