Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar ligasi davom ettirilishi sanasi ma’lum qilindi

Chempionlar ligasi davom ettirilishi sanasi ma’lum qilindi

Автор: admin

Koronavirus pandemiyasi tufayli to‘xtatib qo‘yilgan Chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlari qachondan davom ettirilishi sanasi ma’lum qilindi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, UEFA Yevropa ligasi o‘yinlarini 2-3 avgust kunidan davom ettirishni mo‘ljallamoqda. Chempionlar ligasi pley-off o‘yinlari esa 7-8 avgust kunidan davom ettirilishi kutilmoqda. Bunda o‘yinlar har uch kunda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. UEFA YeCHL finalini 29 avgust kuniga o‘tkazishni mo‘ljallamoqda.
Ma’lumot uchun, dastlab Xitoyda tarqalgan koronavirus infeksiyasi bilan hozirgacha dunyo bo‘yicha 2,3 million kishi kasallanganligi aniqlangan. 158 ming nafardan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi. 590 ming nafarga yaqin kishi virusdan sog‘aydi.
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *