Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Anchelotti: «Gvardiola – daho. Yevropaning eng kuchli jamoasi bilan o‘ynashidan xursandmiz»

Anchelotti: «Gvardiola – daho. Yevropaning eng kuchli jamoasi bilan o‘ynashidan xursandmiz»

Автор: admin

«Everton» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Premer-liganing 21-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi o‘yindan avval raqib bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani maqtab o‘tdi.
«Gvardiola – ajoyib murabbiy, shunchaki fantastik. Biz bir-birimiz bilan yaxshi munosabatlarga egamiz. O‘rtamizda o‘zaro hurmat bor. 
Xosep – haqiqiy daho. Uning jamoasi maydonda o‘zgacha harakat qiladi, shuning uchun biz Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan xursand bo‘lishimiz kerak. 
Transferlar? Ha, ko‘p mish-mishlar bor, lekin bu odatiy, hamma joyda bo‘ladi. Beshinchi o‘yindan so‘ng rahbariyat bilan uchrashaman va shundan keyingina rejalarni muhokama qilamiz», – deb Anchelottining so‘zlarini keltiradi Goal.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» – «Everton» o‘yini 1 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.


145   
Добавить комментарий
Ваше имя: *