Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Keyn kerak emas
 
Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi yozda markaziy hujumchi sotib olmoqchi. Endilikda “qizil iblislar” nishonida “Borussiya M” klubi hujumchsi Alessan Plea turibdi.
Fransiyalik forvord Bundesliganing 56 ta uchrashuvida maydonga tushgan va 20 ta gol, 11 ta assisni amalga oshirgan.
“Exspress” nashri bergan xabarlarga qaraganda, hujumchi uchun kurashda “Tottenhem” ham mavjud bo‘lib, “shporlar” futbolchini qo‘lga kiritish uchun 23 million funt sterling taklif qilishga ham ulgurgan.
“Lester” futbolchisi London nishonida
 
Angliyaning “Chelsi” jamoasi “Lester”   himoyachisi Ben Chiluelni qo‘lga kiritishni istamoqda.
“Daily Star” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Chelsi” “Portu” qanot himoyachisi Aleks Tellasni qo‘lga kiritishni uddalay olmagach, bor e’tiborini “tuliklar” himoyachisiga qaratadi.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Lester” o‘z futbolchisini sotib yubormoqchi emas, biroq “Chelsi” 60 million yevro taklif qilsa transfer amalga oshishi mumkin.
Koutinyo qayerga o‘tadi?
 
Ayni damda ijara asosida “Bavariya” sharafini himoya qilayotgan Filippe Koutino yozda “Chelsi” bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi.
Sports.es nashriberganxabarlargaqaraganda, “Chelsi” braziliyalikyarimhimoyachisiuchun 70 millionevrotaklifqilmoqda.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Barselona” o‘z futbolchisini 90 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Futbolchining o‘zi tezroq “Barselona”dan ketishni istamoqda. Shu sababli APL jamoasiga o‘tishga qarshi emas.
Allan “Everton”ga yo‘l oladi
 
Angliyaning “Everton” klubi “Napoli” yarim himoyachisi Allan bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi.
Nikola Skiri bergan xabarlarga qaraganda, “irislar” allaqachon futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Allan yiliga 6 million yevro maosh belgilangan 2025-yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo qo‘yishga yaqin.
Skirining ma’lum qilishicha, klublar futbolchining transferi borasida kelishuvga erishishga yaqin turibdi.
Mertens ajoyib taklif oldi
 
LGDSnashri bergan xabarlarga qaraganda, Dris Mertens yozda “Napoli”ni “Inter”ga almashtirishi mumkin.
Manba bergan xabarlarga qaraganda, Mertensga Milan klubi ikki yillik shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, “Inter” Mertensga yiliga bonuslar bilan hisoblaganda 7 million yevro maosh berishga ham tayyor. Bu uning “Napoli”da olayotgan maoshidan ikki barobar ko‘proq degani.
Eslatib o‘tamiz, Mertens bilan APLning bir yo‘la 5 ta jamoasi ham qiziqish bildirmoqda.

122   
Добавить комментарий
Ваше имя: *