Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mutolaa uchun. APLdagi "eng yaxshi straykerlar"

Mutolaa uchun. APLdagi "eng yaxshi straykerlar"

Автор: admin

Ushbu mavsum 27 yanvar holatiga ko'ra, APLda darvoza tomon 6003 bora zarba yo'llangan va shularning 664tasi golga aylangan. Demak, darvozaga yo'llanayotgan har 9 zarbadan biri golga aylanmoqda.
Ammo ayrim futbolchilarga 9 zarba ham ko'plik qilayotgan bo'lsa, bazilar undan ko'proq zarba yo'llab, haligacha gol ura olishmadi.
Demak, Sizlarning etiboringizga ushbu mavsumda darvozalarga ko'p bora zarba berib, gol ura olmagan futbolchilar reytingini taqdim qilamiz.
4. Emiliano Buendia — 29 zarba

Emiliano Buendia ushbu mavsum Premer-ligadagi eng kreativ futbolchilardan biri - u Kevin De Bryuyne va Trent Aleksandr-Arnolddan keyin eng ko'p golli pas amalga oshirgan futbolchi hisoblanadi.
Biroq Buendiaga gol urish nasib qilmayapti.
Jurnalistning fikriga ko'ra, Emiliano zarba yo'llash uchun juda ko'p o'ylaydi shu orqali raqiblar uning joylarini yopib tashlashadi va uning poziciyasini noqulay qilib qo'yadi.
"Aston Villa"ga qarshi o'yinda u ajoyib poziciyada to'pni qabul qilib oldi:

Va 2 soniyadan keyin u qaergacha bordi:

3. Per-Emil Xyoyberg — 32 zarba

"Sautgempton"ning darvozaga zarba beruvchi "snayperi" bor. Per-Emil Xyoyberg o'sha kunga qadar darvozaga 32 bora zarba yo'llagan.
Futbolchining zarbalari kartalariga qarasak, u to'pni qaerda qabul qilib olsa ham, darvoza tomon tepaverishiga guvoh bo'lamiz.
Masalan:

Yoki bu erda:

Yoki bu nuqta:

Ammo futbolchi "Villa Park"da ajoyib vaziyatni yo'qqa chiqargandi:

2. Fred — 33 zarba

Maqolaning qiziq pallasiga yaqinlashyapmiz. Ikkinchi o'ringa Fred joylashdi. Fred darvoza tomon 33 marta zarba yo'lladi.
Fredning zarba yo'llaydigan ikkita tipik holati bor: burchakdan oshirilgan to'p himoyachi orqali jarima maydonchasi ichidan chiqarib yuborilsa yoki ortda raqib futbolchilari ko'proq bo'lib, o'z jamoasi yarim himoyachilari raqiblari jarima maydoniga yaqin turgan bo'lsa.
Koksning yozishicha, Fredda hali birorta golga tortadigan 100 foizlik vaziyat bo'lmagan, u asosan to'pni raqiblaridan olib qo'ygan holatda darvozaga zarba beradi. Buendiadan farqli ravishda Fred golli paslar ham kam amalga oshiradi.
Fredning ikki oyog'i bir xil ishlaydi, uning noaniq zarba yo'llashi natijasida MYU futbolchilari o'z joylariga tezkorlik bilan qaytib olishadi va poziciyalar yopiladi.
"Siti"ga qarshi o'yinda uning zarbasi Reshfordga tekkan holatda offsayd qayd etilgandi:

"Tottenxem"ga qarshi o'yinda esa uning zarbasi autga qarab ketgan:

Fred ushbu mavsumda masuliyatni o'z bo'yniga olib, ajoyib paslar amalga oshirmoqda. Biroq uni raqib futbolchilari o'rab olgan vaqtda doimo eng yomon qarorlarni qabul qiladi. Masalan, "Arsenal"ga qarshi o'yinda u qanotdagi Pereyrani ko'rmadi va darvoza tomon zarba berdi:

Koksning yozishiga ko'ra, darvoza tomon 35 bora zarba bergan Pereyra ham ushbu ro'yxatda bo'lishi mumkin edi, ammo u "Brayton" darvozasini ishg'ol qilishga ulgurdi.
PS: "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda Fredning yo'llagan zarbasi himoyachilar tomonidan qaytarilgandi:

1. Devid MakGoldrik — 36 zarba

Odamni hayron qoldiruvchi natija "SHeffild" hujumchisi Devid MakGoldrikga tegishli. U 36 marta zarba yo'lladi, biroq hali ham gol ura olmadi. Ha, uning zarbalari soni Frednikidan 3taga ko'p, ammo ularning aniqlik darajasiga etibor bering: Fredda 1,3 - MakGoldrikda 6,2.
Xaritada hujumchi ajoyib vaziyatlarni yo'qqa chiqaradigan "yaxshi strayker" ekanligi ko'rinib turibdi.
MakGoldrikni poziciya tanlash borasida ayblashimiz mumkin, ammo natijalar shunday demoqdaki, vaziyatlar yaratish borasida u ushbu mavsumda kamida 7tadan gol urgan Kevin De Bryuyne, Risharlison, Ayoze Peres, Jek Grilish, Riyad Marez va Dele Alli kabi futbolchilarni ortda qoldirmoqda.
Nima uchun MakGoldrikda ishlar yaxshi emas?
Bunga uch sabab bor.
Birinchidan, uning zarbalari asosan darvozabonning o'ziga yo'llanmoqda:

Ikkinchidan, uning bir necha zarbalari juda ham noqulay holatda yo'llagan. Buni qarang, u to'pni pastga tushirib olishi ham mumkin edi:

Uchinchidan, futbolchining o'zida g'oliblik hissi va ishonch yo'q. Qanday qilib, bu vaziyatdan gol ura olmaslik mumkin:

Biroq Devidning to'p bilan muomalasi juda yaxshi. U faqatgina vaziyatni yakunlash borasida ko'proq ishlashi kerak.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *