Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » “O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li haqida

“O‘zimizdan katta bolalarni yutib qo‘yadigan bo‘lsak, o‘yindan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi” — Luish Nani bolaligi, “Manchester Yunayted”ga o‘tishi va o‘g‘li haqida

Автор: admin

Suhbat avvalida Luish Nani Lissabon bilan bo‘lgan mustahkam aloqasi haqida gapiradi. Nani Amadorada (Lissabon hududiga kiradigan shahar) tavallud topgan. U Portugaliya poytaxtida futbol uchun tug‘ilgandi. Bu esa u bilan suhbatning boshlanish nuqtasi bo‘ldi.
Bolaligi haqida

Luish Nanining bolalikdagi surati
Foto: Google Images
“Ushbu shahar menga jasorat va cheksiz diqqat-e’tibor taqdim qildi. U vaqtlarda ko‘chada do‘stlarimiz bilan futbol o‘ynash oson emasdi. O‘zingdan katta hamda yomon bolalar bilan futbol o‘ynash uchun jasorat talab etilardi. Yaxshi futbol o‘ynay olmasa ham boshqalardan kuchli va bolalarni qo‘rqitib yuboradigan tashqi ko‘rinishga egalar ham bo‘lardi. Mobodo ularni o‘yinda yutib qo‘yadigan bo‘lsak, bahsdan so‘ng kaltak yeyishimiz aniq edi. Hayot shunday edi”, — deydi Nani.
Taqdirga ishonishi, yosh do‘stini bir kun kelib “Manchester Yunayted”da to‘p tepishiga ishontira olgani haqida

2007-yil. Nani “Manchester Yunayted” futbolchisi sifatida tanishtirilgan
Foto: Getty Images
“Ha, bu haqiqat. Men rostdan ham o‘sha jamoada birgalikda to‘p surgan do‘stim bilan gaplashdim. Kech bo‘lgandi. Biz endigina o‘yinni tugatib, ko‘chaga chiqqan vaqtimizda, kafedagi televizorda qo‘yilayotgan uchrashuvni ko‘rib qoldik. Bu ajoyib edi. Chempionlar Ligasi final bellashuvining so‘nggi ikki daqiqasida ‘Manchester Yunayted’ 2 ta gol urib, o‘yin taqdirini o‘zgartirib yubordi. Do‘stimga qaradim va unga quyidagilarni aytdim: ‘Bir kun kelib ushbu jamoa safida o‘ynayman yoki ‘Old Trafford’da bo‘laman’. Bu qoyilmaqom o‘yin meni hayajonga solib qo‘ygandi. Va bu gaplar haqida u hech qachon unutmadi. Shundan so‘ng biz bir-birimiz bilan bir necha yil davomida aloqaga chiqmadik. Biroq uchrashgan vaqtimiz u hamon unga bergan va’dam yodida ekanligini aytdi”, — deya xotirlaydi Luish.
Qat’iyatliligi haqida

Nani ayni damdagi klubi “Orlando Siti” libosida
Foto: Getty Images
Amerika futboli mutaxassislari fikriga ko‘ra, Nani “Orlando Siti” tarkibida maydonga tushgan vaqtlarida o‘ziga katta mas’uliyat olishi hamda qat’iyatini namoyish etishi bilan boshqalardan ajralib turadi. Portugaliyalik futbolchi futboldagi hayotida bunday xususiyatini o‘zgartirmaslikka kafolat berib keladi.
“Ha... Umuman olganda, shu boisdan ham meni chetlatishdi. Mavsumning birinchi o‘yinini o‘tkazib yuboraman. Hatto o‘tgan mavsumning so‘nggi o‘yinida ham yutqazishni istamagan edim. Biz noqulay holatga tushib qolgandik. Shunday ekan, qanday o‘yin haqida gap ketayotganligining menga farqi yo‘q edi. Biz futbol o‘ynar ekanmiz, klub logotipi bilan faxrlanib, muxlislarga hurmat ko‘rsatgan holda g‘alaba qozonishimiz lozim. Shu boisdan o‘sha bahsda hakamdan g‘azablandim va sariq kartochka bilan siylandim. Biroq liga meni yanada qattiqroq jazolashni lozim deb topdi. Oxir-oqibatda esa men ham o‘z xarakterimni namoyish etdim. Hali-hamon ushbu o‘yinni yaxshi ko‘raman. Hamon g‘alaba qozonishni istayman. Shunchaki dam olib futbol o‘ynashni xohlamayman. Menda har doim shunday chegara bor”,  deya ta’kidlaydi portugaliyalik yulduz.
O‘g‘li haqida

Nani o‘g‘li bilan birga
Foto: Getty Images
Kaminani baxtli qilgan narsa — o‘g‘limning dunyoga kelishi. Bu voqea menga barqarorlik, muhabbat va hayotning har bir jihatida hammasiga ulgurish imkoniyatini taqdim etdi. Uni ortimda ko‘rish va qanday gaplashayotganini guvohi bo‘lish men uchun o‘zgacha ahamiyatga ega. Maydonda bo‘lgan vaqtim o‘zimni eng yuqori cho‘qqida his etgan bir nechta holatni boshdan o‘tkazganman. Ayniqsa ‘Manchester Yunayted’dagi dastlabki 2 yilim ichida. O‘shanda barcha sovrinlarga ega chiqqandik. Bu unutilmas lahzalar. Bu juda ajoyib edi. Bular faoliyatimdagi eng muhim sovrinlar. Ular bergan hislar ham o‘zgacha. Shuni aniq ayta olamanki, o‘sha lahzalar faoliyatimdagi eng yaxshilaridir”, — deydi Nani.
Nani farzandining Manchesterda tug‘ilganiga qaramay “Sporting” bilan ham alohida munosabati borligi haqida ta’kidlaydi.
“Agar undan so‘rasangiz, u ‘Sporting’, ‘Manchester Yunayted’, Portugaliya va Orlandodan ekanligini aytadi. U hammasini yaxshi ko‘radi. Unda barcha jamoaning liboslari bor. Bog‘ga futbol o‘ynashga o‘tgan vaqtimizda esa o‘sha kuni qaysi formada o‘ynashni o‘zi tanlaydi. U ‘Manchester Yunayted’ haqida hamma narsani biladi: klub, shahar uning uchun ko‘p narsani anglatadi. Boisi o‘g‘lim aynan Manchesterda tug‘ilgan. U shahar bilan mustahkam aloqa o‘rnatgan. Ammo o‘g‘lim asosiy jamoalar qaysi ekanligini yaxshi biladi. ‘Sporting’, Portugaliya terma jamoasi, ‘Manchester Yunayted’ va mana endi ‘Orlando Siti’, albatta”, — deya suhbatga yakun yasadi Nani.
Ma’lumotnoma
Luish Karlush Almeyda da Kunya (Nanining to‘liq ism-sharifi) — 1986-yil 17-noyabrda tug‘ilgan. Professional futbolchilik faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Fenerbahche”, “Valensiya”, “Latsio” klublarida to‘p surgan. Ayni damda AQShning “Orlando Siti” klubi a’zosi.
Nani “Sporting” bilan Portugaliya Kubogini 2 bor qo‘lga kiritgan. Shuningdek, mamlakat Liga Kubogi musobaqasida 1 marta g‘olibga aylangan. “Manchester Yunayted” safida 4 karra Angliya chempioni, 2 karra Liga Kubogi sohibi, 1 bor Chempionlar Ligasi g‘olibi. Shuningdek, 4 marta Angliya Superkubogi sohibi bo‘lgan. 2008-yilgi Klublar o‘rtasidagi mundialda g‘olib chiqqan.
Portugaliya terma jamoasi safida 2016-yilgi Yevropa chempionatida musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
186   
Добавить комментарий
Ваше имя: *