Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Yangi «Yunayted»da Grizmann va Allegri?!

Yangi «Yunayted»da Grizmann va Allegri?!

Автор: admin

Muhammad ibn Salmon Ol-Saud anchadan beri amakivachchasi singari (“Manchester Siti”) yangi “o‘yinchoq”ni qo‘lga kiritishni reja qilib yurgan edi, biroq Istanbuldagi jurnalist Jamol Qoshiqchining sirli o‘limi barcha rejalarni barbod qilib yubordi.
Yaqindagina o‘z yakuniga yetgan sud jarayonlaridan aybsiz chiqqan Ol-Saud endi o‘z rejalarini amalga oshirishi mumkin. Quvonarlisi shundaki, Saudiyalik shahzoda eng qaysar milliarder Maykl Eshlidan klubni sotib oldi va uni yangi darajaga olib chiqishni istamoqda.
Soddaroq qilib aytganda,APL poygasi uchun juda jiddiy “o‘yinchi” kurashga qo‘shilmoqda. Endilikda “Nyukasl” jamoasini chempionlik uchun kurash olib borishga qodir klubga aylantirish uchun katta masshtabdagi ishni amalga oshirishga to‘g‘ri keladi. Xo‘sh,ishni nimadan boshlash lozim?
Jamoaga mos murabbiy topish
“Everton” singari o‘rtamiyona klub o‘ziga Anchelottidek buyuk murabbiyni ravo ko‘rgan bo‘lsa, nima uchun Allegri “Nyukasl”da ish boshlamasligi lozim? Transferlar uchun juda katta imkoniyat yaratib beruvchi jamoani boshqarish, inqirozga kirib qolgan “Arsenal”ni boshqarishdan yoqimliroq ekanini barcha anglab turibdi. Afsuski, Maksimiliano ingliz tilini bilmaydi. Bu muammolar tug‘dirishi mumkin. Xo‘sh,yana kimlar jamoa postida paydo bo‘lishi mumkin? Birinchi navbatda Rafa Benites barchaning hayoliga kelishi mumkin. Ispaniyalik mutaxassis avval ham “Nyukasl” jamoasida faoliyat olib borgan. Shuningdek, ishsiz qolib ketgan Pochettino ham yangi proyektga jalb etilishi mumkin. Umuman olganda,saudiyalik investorlarga bir paytlar Abramovich Mourinyoni jamoaga olib kelgani kabi ajoyib yechim topishlari shart!
Muxlislar yordami
“Nyukasl” muxlislari jamoa egasi Mayk Eshlini shu qadar yomon ko‘rishadiki, uning o‘rnini egallagan istalgan insonni yaxshi kutib olishlari aniq. Agar, yangi “boshliqlar” va’da qilinganidek katta transferlarni amalga oshirsa, muxlislar ham katta sahnaga chiqishi turgan gap. Bundan tashqari, klub faxriylari Alan Shirer, Kigan singari insonlardan muxlislar bilan aloqa qilish vositasi sifatida foydalanish ham katta naf berishi mumkin. Misol uchun “Liverpul” aynan shu maqsadda Dalglish bilan aloqalarni mustahkamlab olgan.
Moliyaviy barqarorlik
Eshli jamoani sotib olganida, “Nyukasl” “Arsenal” va “Tottenhem”dan ancha badavlat klub edi. Hatto kichik farq bilangina “Liverpul”dan ortda edi. Mana oradan 13 yil o‘tdi. Maykl qanchalar tejamkor rejimda harakat qilmasin, klub keltirayotgan daromadda o‘sish kuzatilmadi. Bu jamoadan farqli o‘laroq, “Tottenxem” yildan yilga rivojlanib bordi. Ayni damda, ular badavlatlik borasida “Nyukasl”dan ancha ilgarilab ketishgan. Arab shayxlariga jamoaning uzoq yillar davomida “ekonom rejim”da faoliyat olib borgani ham qo‘l kelishi turgan gap. Britaniya nashrlari bergan xabarlarga qaraganda, investorlar ilk transfer oynasida 200 million funtni sarf etishlari kutilmoqda. APL grandlaridan farqli o‘laroq, UEFA auditorlari klubni bezovta qila olmaydi. Gap shundaki, jamoa deyarli 15 yildan beri moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzishga yaqin ham kelmagan. Soddaroq qilib aytganda, “Nyukasl” kamida 4 yil istagancha transferni amalga oshirish huquqiga ega.
Klub bazasi va akademiyasiga e’tibor
“Oq-qora”lar harakat qiluvchi “Sent-Jeyms Park” arenasi APLda muxlislar tashrifi bo‘yicha yetakchilardan biri sanaladi. O‘z bag‘riga 49 mingga yaqin ishqibozni sig‘dirishga qodir stadion ta’mir talab ahvolda emas. Afsuski, jamoa bazasi Chempionshipdagi klublarnikidanda yomonroq. “TheSun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, ayni damda “Midlsbro”ning bazasi ham “Nyukasl”nikidan 10 yilga ilgarilab ketgan. Jamoaning akademiyasi ham chakki ish olib bormayapti. Aka-uka Longstaflarni yetishtirgan murabbiylargasharoit yaratilsa, yangi iqtidorlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘yib yuborishi aniq. Umuman olganda,akademiyaga mablag‘ ajratish kelajakda o‘z mevasini bermay qolmaydi. Bu omilni ham ko‘zdan qochirmaslik lozim.
Transfer siyosati
Bugun Yevropaning turli taniqli nashrlari yulduz futbolchilarni “Nyukasl”ga o‘tishi mumkinligi borasidagi xabarlar bilan omma e’tiborini o‘ziga qaratishga urinmoqda. Shunday bo‘lsa-da, birinchi navbatda strategiktransferlarni amalga oshirish, barchasini reja bo‘yicha amalga oshirish juda muhim. Hozirgi tarkib bilan kuchli o‘nlikdan joy olish mumkin xolos. Bundan ortig‘i bugungi kundagi futbolchilar bilan ilojsiz. Agar jamoa nomdor Beylni olib kelish orqali maqsadlariga erishmoqchi bo‘lsa, xato qiladi. Garet allaqachon futboldan sovugan yigit. U “Real Madrid”da ham bor kuchi bilan to‘p tepishni istamaydigan shovvoz. Agar Villianni erkin agent maqomida qo‘lga kiritish uddalansa, bu ajoyib transfer bo‘lishi mumkin. Grizmannuchun 120 million yevro sarf etish yakunda o‘zini oqlamasligianiq. Klub hujumiga javob beruvchi Maksimen, tajribali Shelvi,SHeru va Fernandeskujamoada bor, biroq ular oldingi chiziqda to‘p surayotgan Joelinton singari o‘rtacha hujumchiga suyangani uchun ham kutilgan nafni bermayapti. Grizmannyoki Beyl singari futbolchi uchun pul sarflash o‘rniga, yosh va nomdor bo‘lmagan 3 hujumkor futbolchi xarid qilish maqsadga muvaffoq bo‘ladi. Darvozabon Dubravka ayni damda APLdagi eng yaxshilardan biri. Himoyada ham muammolar deyarli yo‘q.
Sovrinlar uchun kurash
O‘z vaqtida Abramovich o‘z pullari bilan o‘yinga qo‘shilganida APL Venger va Fergyusonniki edi. Shunga qaramay, Abramovich to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan menejment, transferlar, akademiya va marketing orqali qisqa fursatda “Chelsi”ni chinakam kuchga aylantira olganini unutmagan bo‘lsangiz kerak. Saudiyalik shayxlardan o‘rnak olishi va barcha ishni aniq reja asosida amalga oshirishi lozim.
O‘zining ilk mavsumida “Nyukasl”dan Yevropa Ligasiga yo‘llanmasini qo‘lga kirtishi ham katta natija sifatida qabul qilinishi lozim. Shuningdek, so‘nggi yillarda “Manchester Siti”to‘liq o‘ziniki qilib olgan Liga Kubogidagi zafar ham sarflangan pullarni oqlashning eng yaxshi uslubi. Ol-Saudning jamoasi so‘nggi bor 1969-yilda (Yarmarka kubogi — bu Yevropa Ligasining analogi) boshi uzra sovrin ko‘targan. Shu sababli, muxlislar klubdagi progressni his qilishi uchun kichik bo‘lsada sovrinni qo‘lga kiritish lozim. Yaqin o‘tmishda ham Yevropa chempionlar ligasiuchrashuvlarida to‘p surgan klub yana o‘z darajasiga qayta oladimi? Barchasi pulni to‘g‘ri sarflashga bog‘liq!
193   
Добавить комментарий
Ваше имя: *