Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Zidan fikridan qaytmayapti

Zidan fikridan qaytmayapti

Автор: admin

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Pol Pogbani sotib olish fikridan qaytmayapti, deya yozmoqda RMC Sport.

«Zidan 2019 yilning mart oyida «Real»ga qaytishga rozi bo‘lishdan oldin Madrid klubi rahbariyatiga 5-6 nafar futbolchidan iborat transferlarni so‘ragan. Ushbu ro‘yxatning birinchi qatoridan Pol Pogba, ikkinchi transfer sifatida Eden Azarning nomi keltirilgandi. «Real» prezidenti Florentino Peres Pogbani Madridga olib kelishga rozi bo‘lsa-da, «MYU» o‘z futbolchisi uchun o‘shanda 150 million yevro so‘ragani uchun madridliklar uni qimmat deb hisoblagandi. Hozirda fransiyalik yarimhimoyachini 100 mln atrofida sotib olish mumkinligi uchun Zidan yana Pogba transferini so‘ramoqda», - deyiladi manbada.
Ma’lumot uchun, «qirollik klubi» oldinroq «Chelsi»ni tark etishi kutilayotgan Ngolo Kantega ham qiziqish bildirgandi.


87   
Добавить комментарий
Ваше имя: *